Changli gazlarni rekuperatsiya qilish

Changli gazlarni rekuperatsiya qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Changli gazlarni rekuperatsiya qilish - rasmi

Material tavsifi

Changli gazlarni rekuperatsiya qilish Changli gaz chiqindilari hozirgi kunda ko'plab korxonalarda hosil bo'ladi. Ushbu changli gaz chiqindilari ko'pincha biror bir mahsulot olish jarayonida ajraladi. Masalan, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida - tsement, gips, alebastr changlari kabi, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish korxonalarida -karbamid, ammiakli selitra changlari kabi, rudalarni boyitish korxonalarida - ruda changlari kabi, un tortish kombinatlarida - un changlari kabi, paxta tozalash zavodlarida - paxta tolalari changlari va shu kabilar. O'zining fizik - kimyoviy xususiyatlari, kelib chiqishi, miqdori, tabiati, kontsentratsiyasi, qiymati, toksikligi va shu kabi boshqa ko'rsatgichlarga qarab changlarni rekuperatsiyalash, bartaraf etish va izolyatsiyalash usullari mavjud. Gaz yuvgichlarda, chang ushlagichlarda ushlangan chang bir tarafdan olganda o'zining aniq kimyoviy tarkibiga ega bo'lgan biror bir mahsulot qismidir. Shuning uchun uni yana qayta ishlatish mumkin. Ishlatishni quyidagi yo'llari bor: 1) Tayyor mahsulot sifatida; 2) Hosil bo'lgan chang zarralarini qayta ishlab chiqarishga qaytarish; Z) Boshqa ishlab chiqarishda qayta ishlab va kerakli mahsulot olish; 4) Qurilish materiali sifatida utilizatsiya qilish; 5) Chang zarralari tarkibidagi kerakli komponentni ajratib olish maqsadida qayta ishlash; 6) o'g'it sifatida ishlatish (bazi hollarda); 7) Chang materiallarining tarkibidagi alohida komponetlarini utilizatsiya qilish jarayonlarida qo'llash. Ho'l chang yutgichlarda namlovchi suyuqlik sifatida asosan suv ishlatiladi, to'qnashish usuliga qarab ular bir necha turlarga bo'linadi Yuqorida sanab o'tilgan ishlatish yo'llaridan bazilarini ko'rib chiqamiz. Masalan ko'pincha tutun gazlarida, neft-kimyo sintez texnologiyasida tarkibida qurum chang zarralari bo'lgan tutun gazlari hosil bo'ladi. Malumki, qurum yaxshi xom ashyo bo'lib, u rezina va shisha sanoatida, tayyor yoqilg'i yoki xom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Changlarni rekuperatsiya qilish qurilmasi Yuqorida keltirilgan chizmada tarkibida qurum moddasi uchraydigan texnologik gazlarni tozalash sxemasi keltirilgan. Malumki, qurum moddasi tayyor xom ashyo moddasi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Qurum moddasi rezinotexnik sanoatida avtomobil shinalarini ishlab chiqarishda, lok-bo'yoq sanoatida, plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Shuning uchun ushbu gazlar tarkibidagi qurum moddasini ushlab qolish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun chiqindi gazlar avval 1-elektrofiltrda tozalanadi. Keyingi bosqichda gazlar nasos yordamida siklonlarga yuboriladi. Bu yerda gaz tarkibidagi qoldiq zarralar bartaraf etiladi. Tozalash jarayonida ushlab qolingan qurum moddasi kerakli xom ashyo sifatida qayta ishlashga yuboriladi. Buning uchun sistemaga havo berilib, ushbu havo oqimi yordamida qurum moddasi keyingi bosqichga uzatiladi. Qurilmaga berilgan gazlar esa yonuvchan xususiyatga ega bo'lgani uchun sistemadan ajratib olinib, keyingi bosqichda kerakli maqsadda ishlatish uchun yuboriladi. 1-elektrofiltr; 2-nasos; 3-siklon; 4-xaydagich Ortofosfat natriyni quritish jarayonida hosil bo'lgan gazlar tarkibidagi changlarni rekuperatsiyalashning texnologik sxemasi Yuqoridagi texnologik sxemada ortofosfat natriy tuzini olish jarayonida hosil bo'luvchi chang zarralarini(chiqindilarini) ushlab qolish usuli ko'rsatilgan. Kontsentrlangan tuzli eritma avval ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 531.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 531.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga