Chiqindi gazlarni zararsizlantirish va tozalash usullari RYeJA Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindi gazlar Aerozollar Chiqindi gazlar tashlamalari turlari Chiqindi gazlarni gazsimon va bug'simon toksik birikmalardan tozalash usullari Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindi gazlar qora metallurgiya korxonalarida rudalarni tayyorlash va ularni eritish jarayonida - oltingugurt angidridi (SO2), changlar rangli metallurgiya korxonalarida - oltingugurt angidridi (SO2), changlar, vodorod ftorid (HF) kimyo korxonalarida - noorganik, organik birikmali changlar, uglerod dioksidi (SO2), uglerod oksidi (SO), ammiak(NH3), oltingugurt angidridi (SO2), azot oksidlari (NO, N2O, NO2 N2O3, N2O5), vodorod ftorid(HF), vodorod xlorid (NSl), vodorod sulfid (H2S) avtomobil transportidan - 100dan ortiq turli ko'rinishdagi chiqindi zaharli gazlar Aerozollar Tashlanadigan qattiq yoki suyuq birikmalar ikki fazada bo'ladi, yani bir fazada gaz, ikkinchi fazada esa suyuq moddalar mayda tomchilar ko'rinishida, qattiq moddalar esa kichik zarralar ko'rinishida bo'ladi. Bunday tashlamalar aerozollar deb ataladi. Aerozollar changlar, tutunlar va tumanlar ko'rinishida bo'ladi. Changlarda qattiq zarralar razmeri 5 mkmdan 50 mkmgacha, tutunda - 0,1-5 mkmgacha bo'ladi Chiqindi gazlar tashlamalari turlari tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan qizdirilgan (tashqi havo haroratidan issiq) va sovuq tozalangan va tozalanmagan tashkillashtirilgan tashlamalar tashkillashtirilgan tashlamalarga - korxonalarning statsionar o'rnatilgan mo'rilaridan, ventilyatsiya qurilmalaridan, neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan, tashkillashtirilmagan tashlamalar tashkillashtirilmagan tashlamalarga esa - texnologik rejimlarni izdan chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buzilishi, suyuq moddalarni to'qilishi va ularni bug'lanishi natijasida hosil bo'luvchi chiqindi gazlar kiradi. Tozalash usullari Chiqindi gazlarni gazsimon va bug'simon toksik birikmalardan tozalash uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: absorbtsiya (fizik va xemosorbtsiya), adsorbtsiya, katalitik, termik va kondensatsiya. Fizik absorbtsiya va xemosorbtsiya Fizik absorbtsiyada odatda ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydigan absorbentlar - suv, organik erituvchilar va ularning suvli eritmalari ishlatiladi. Xemosorbtsiyada esa gaz tarkibidagi ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishadigan suyuq moddalar - absorbentlar ishlatilib, bunda xemosorbent sifatida tuz va ishqorlarning suvli eritmalari, organik moddalar va turli birikmalarning suvli suspenziyalari qo'llaniladi. Adsorbtsiya Adsorbtsion tozalash usuli chiqindi gaz tarkibidagi gazsimon va bug'simon zararli aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bunda gaz tarkibidagi zararli aralashmalar g'ovaksimon qattiq moddalar - adsorbentlarga yuttirilib, atmosferaga tashlanayotgan gaz oqimidan ajratib olinadi. Ushbu usulning afzalligi - yuqori tozalash samarasiga egaligi, kamchiligi esa gaz tozalash jarayonida changli gazlarni tozalash imkoni yo'qligidir, chunki changli zarralar adsorbentlarning g'ovaklariga tiqilib, uni tez ishdan chiqaradi. Katalitik tozalash Gazlarni katalitik tozalash jarayonida chiqindi gaz tarkibidagi zararli moddalar katalizator ishtirokida oksidlanish, qaytarish yoki parchalanish jarayonlari asosida zararsiz holatga keltiriladi. Bunda zararsizlantiriluvchi chiqindi gazning tarkibida changli va katalizator uchun zaharli bo'lgan moddalar bo'lmasligi lozim. Termik usul Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz xidli moddalarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.77 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.77 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: pptx