Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo'linishi

Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo'linishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo'linishi. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta'sirida paydo bo'lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo'lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi (3-rasm). Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo'lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi. O'zbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza qilish Qo'mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug'ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o'rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi. 3-rasm Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo'yicha turlarga ajratiladi. Havfli-zaharli xususiyati bo'yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1.Radioaktiv ifloslanish, 2. Og'ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish. Tahlillarga ko'ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o'rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko'radi va juda katta radiusda ham ta'sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog'ligiga juda havfli ta'sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta'sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi. Og'ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og'ir megallar bilan ifloslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko'p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo'lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng. Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar katori juda ko'p hisoblanadi. Uning havfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta'siri va sanoat korxonalari tomonidan juda katta miqdorda tuproq qoplamiga to'planadi. Maxsus chiqindilar ko'miladigan qabriston lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta'sir qiladi. Chiqindilar zaharli xususiyati bo'yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi (3-jadval). 1-jadval chiqindi turlari va ularning sinflarga bo'lnnishi Chiqindilar asosan kimyoviy tarkibiga va ta'sir etish xususiyatig ko'ra bir - biridan farq qiladi. Tuproq qoplamiga ko'proq to'g'ridan - to'g'ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o'rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo'linadi (4-jadval). 2-jadval Qishloq xo'jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish kategoriyalari Tuproqni kimyoviy ifloslanish darajalarini tasniflashda barcha kimyoviy ifloslanish turlarida bir xil belgilanmaydi, balki muayyan ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi, tuproqdagi miqdori, QQM, zaharli xususiyati va boshqa xususiyatlariga ko'ra alohida-alohida tarzda belgilanadi. Biroq umumiy formula sifatida kimyoviy ifloslangan tuproqlar uchun quyidagi ifloslanish darajalari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.78 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.78 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga