Chorvachilik chiqindilari-biomassa energiyasi olishda chorvachilik chiqindilarining ahamiyati Reja: Chorvachilik chiqindilari biomassa energiyasi manbai sifatida Chorvachilik fermalaridan chiqadigan chiqindi turlari va miqdori Chorvachilik chiqindilarining tarkibi Chorvachilik chiqindilari biomassa energiyasi manbai sifatida yer sharining o'simlik qatlami 1800 mlrd. t. quruq va nam mahsulotlardan iborat. Bu qiymat foydali energiya manbalaridan keyingi zaxiradagi qiymat hisoblanib, energetik jihatdan 30*1021dj ga ekvivalentdir. Atrof-muhitimizga nazar tashlasak, cheksiz chiqindi uyumlariga duch kelamiz. Bu chiqindilar esa turli xil quruq va nam mahsulotlardan iborat bo'lib, ularni qayta ishlash natijasida ma'lum miqdordagi organik va noorganik mahsulotlarni ajratib olishimiz mumkin. Quruq mahsulotlardan biomassa energiyasi olish uchun bu mahsulotni yondirish talab qilinadi, natijada issiqlik ajralib chiqadi. Bu usulda asosan fermentatsiya (achitish) jarayoni talab qilinadi. Aynan nam mahsulotlardan biomassa energiyasi olishda chorvachilik chiqindilari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki biomassa mahsulot tarkibida namlik, biomassa energiyasi olish uchun talab qilinadigan fermentatsiya (achish) jarayonini amalga oshirish uchun eng zarur bo'lgan omillardan biri ekanligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash, undan foydalanish jarayoni ostida quyidagi ketma-ketlikdagi shartlar bajarilishi talab qilinadi. Chorvachilik chiqindilari tarkibidagi foydali elementlar, organik mahsulotlar, o'simliklar va tuproq tarkibi uchun bir tenglikda va effektli bo'lishi; Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlashda texnologiyalardan foydalanishda mehnat shartlarini yengillashtirish va atrof - muhitga ziyon yetkazmaslik; gigiyenik talab va qoidalarga to'la rioya qilish; Bu shartlarga har bir corva fermasi va ciqindilarni qayta ishlash joylarida to'la amal qilinishi talab qilinadi. Turli xil organik chiqindilar ichidan chorva chiqindilari eng ahamiyatli biomassa mahsulot hisoblanadi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, chorva chiqindisi tarkibida o'simliklar uchun zarur bo'lgan barcha foydali moddalar mavjudligidir. Agrokimyoviy tajribalar natijasida 100 turdagi chorva chiqindisi tekshirib ko'rildi, natijada o'simlik uchun zarur bo'lgan chorva chiqindisi tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori 0,32-0,64% ni tashkil qilishi aniqlandi. Bundan ko'rib turibdiki, chorva chiqindilaridan birgina biomahsulot sifatida foydalanib, biogaz olish bilangina cheklanib qolmay, bundan tashqari ekologik toza bo'lgan o'g'itni ajratib olishimiz ham mumkin bo'ladi. Chorvachilik chiqindilarining fizik kimyoviy xossalari shuni ko'rsatadiki, chorva chiqindilari tarkibidagi kimyoviy moddalarning turlari biz uchun kerak bo'lgan biogaz va unumli o'g'it tarkibidagi barcha zarur foydali moddalarni ta'minlab bera oladi. Biomassa energiyasi olishda birgina chorva chiqindisiga asos sifatida tayanib cheklanib qolish yaramaydi. Bu muammoni hal qilishda turli xil organik va noorganik chiqindilardan foydalanish bilan biomassa energiyasi olish, ish unumdorligini ham oshirishga erishish mumkin. Bunda organik va noorganik chiqindilar va chorva chiqindisi tarkibidagi turli xil moddalar bir birining o'rnini to'ldirib, fermentatsiya jarayonini tezda amalga oshirishga yordam beradi. Biomassa energiyasidan boshqa davlatlarda aniqrog'i Yevropamamlakatlarida keng foydalaniladi. Internet ma'lumotlaridan aniqlanishicha, biomassa energiyasining xalq xo'jaligidagi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.44 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.44 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc