Chorvachilik chiqindilaridan foydalanib biomassa energiyasi olishning ekologik asoslari va mehnat muhofazasi Reja: Biomassa energiyasi olish jarayonida xafvsizlik texnikasi Biomassa energiyasi va atrof-muhit muhofazasi Biomassa energiyasi olish jarayonida xafvsizlik texnikasi Biomassa energiyasini olishda qo'llaniladigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo'llashda umumiy xavfsizlik yo'llanmasi sifatida unifikatsiya, jadallashtirish kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilikni oshirish, kabi omillar hisobga olinadi, shuningdek, uskunalarga inson xususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, psixofiziologig, psixologik, gigiyenik talablar qo'yiladi. Talablar GOST 12.2.032-78, SSBT, GOST 12.2.049-80, GOST 12.2.033-78 ga asoslanishi lozim. Uskuna moslama jihozlarning ishonchlilik darajasini oshirish, baholash, shuningdek bo'ladigan avariyalar qotishmalarning mexanik pishiqligi, issiqlik ta'siriga, chirishga chidamliligi hisobga olinadi. Tayyorlangan har bir uskuna, idish, apparat ishga tushirilishidan oldin to'liq texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Buning uchun defektoskopiya usullaridan foydalaniladi. Choklarning sifati, mexanik pishiqligi tekshirilgandan so'ng foydalanishga ruxsat etiladi. Texnologik uskuna, moslamalarning xafvsiz ishlatilishida ishchilarni shikastlanishdan saqlashda quyidagi umumiy chora tadbirlar ko'rilishi zarur: Uskuna, apparat tarkibidagi qismlar xavf tug'diradigan darajada shikastlangan bo'lmasligi; Uskuna, qurilma tayyorlash uchun qo'llaniladigan material xavfli va zararli bo'lmasligi; Harakatlanuvchi va xavfli qismlarni ixotalash; Uskuna, qurilmalarning to'liq ko'rinishida o'tkir qirralar, bo'rtiqlar, notekis yuzalar bo'lmasligi; Uskuna, qurilmalarni qulay, xavfsiz yo'lak, vositalar bilan ta'minlash; Mahalliy yoritilishni to'liq ta'minlash; Uskuna, qurilmalarning germetikligini ta'minlash; Uskuna, qurilmalarni tuzatish uchun maxsus tuzatish vositalari bilan ta'minlash. Bu shartlarni bajarish orqali biomassa energiyasi olishda xavfsizlik texnikasini ta'minlagan bo'lamiz. Biomassa energiyasini olishda foydalaniladigan uskuna va qurilmalar ma'lum bosim ostida ishlaydi. Shunday ekan, bosim ostida ishlatiladigan uskuna va qurilmalarning xavfsizligi ta'minlanishi kerak. Mexanik pishiqlikning kamayishi o'ta qizdirish va boshqa ta'sirlar hisobiga bosim ostida ishlayotgan uskuna va qurilmalarda portlash sodir bo'lishi mumkin. Shuning uchun bosim ostida ishlatiladigan uskuna va qurilmalarni zarur bo'lgan himoyalovchi, boshqaruvchi qo'riqlovchi moslama va vositalar bilan jihozlanadi. Uskuna va qurilmalarni xavfsiz ishlatish maqsadida ularni tayyorlashda ishlatiladigan materialni to'g'ri tanlashga alohida e'tibor berish kerak. Biomassa energiyasi va atrof-muhit muhofazasi Insonlar amalga oshiradigan har bir ish atrof-muhit bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ba'zida tabiatda tuzatib bo'lmaydigan zararlarni yetkazishi mumkin. Atmosfera havosini, suv havzalarini toza saqlash inson salomatligi bilan uzviy bog'liq bo'lgan muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham xalq xo'jaligining barcha tarmoqlariga ta'luqli bo'lgan muhim qonunlar qabul qilingan. Kelajakda atrof-muhitni, tabiat muhofazasini yaxshilash, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish haqida qarorlar qabul qilingan. Bu qonunlarga rioya qilish bilan biz atrof - muhitni, tabiatni turli xil xafvlardan saqlab qolgan bo'lamiz. Shunday ekan, hozirgi ma'lumotlarga qaraganda azon qatlamining teshilishi turli xil gazlarning ko'payib ketishi natijasida sodir bo'lmoqda. Azon qatlamining teshilishi natijasida gallaktikadan yer shariga turli xil zararli nurlar o'tib keladi. Bu esa atrof-muhitga qolaversa insonlarga ham salbiy ta'sir ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.32 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc