Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash va biomassa energiyasi olish texnologiyalari Reja: Bioenergetik qurilmalar va ularning turlari Biomassa energiyasi olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar Biomassa energiyasi va chorvachilik chiqindilaridan unumli foydalanish Bioenergetik qurilmalar va ularning turlari Tadqiqotlar natijasida, chorvachilik chiqindilari biomassa energiyasi manbai ekanligi aniqlandi. Shunday ekan birinchi o'rinda chorvachilik chiqindilaridan biomassa energiyasi olish uchun qurilmalar ishlab chiqish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chorvachilik chiqindilaridan biogaz olish uchun bir necha qurilmalar mavjud bo'lib, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Asosan biomassa energiyasi olishimiz uchun qurilmalar germetik mustahkam bo'lishi talab qilinadi. Birinchi qurilmamiz ma'lum xajmdagi chuqurlik ustiga o'rnatilgan metall list bochkadan iborat. Qurilma chuqurligiga biomahsulot to'ldirilib, uning achishi hisobiga biogaz olishimiz mumkin bo'ladi. rasm. Biogaz olish uchun bochkasimon qurilma Bu qurilma asosan bochka va qopqoq qo'ng'iroqdan iboratdir. Bunda qopqoq diametri 2-3 m hamda bochka balandligi ham xuddi shu o'lchamda bo'lishi kerak. Qurilma murakkab tarzda qurilgan bo'lib, undagi qopqoq qo'ng'iroq bosim hisobiga harakatlanadi, ya'ni bosim oshganda qopqoq qo'ng'iroq ko'tariladi, bosim pasaygach bu holat aksincha bo'ladi. Biogaz chiqishining tinimsizligini ta'minlash maqsadida ikkita bir xil ikkilik qurilmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkita bir xil qurilmaning biri biomahsulotga to'ldirilib, tozalanayotgan paytda ikkinchi qurilmadan biogaz chiqishi bir xillikda saqlanib qoladi. Biogaz chiqishining tinimsizligini ta'minlash uchun fermentatsiyadagi biomahsulotni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish talab qilinadi. Bu muammoni hal qilish uchun turli xil aralashtirgichlar ishlab chiqarilgan. Biomahsulotni to'ldirib turish uchun maxsus bunkerdan foydalanish mumkin. rasm. To'ldirgich bunker Turli xil holatlarda qopqoq qo'ng'iroq o'z muvozanatini o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu holatlarda qo'ng'iroq muvozanatini saqlab qolish uchun qo'ng'iroq og'irligidagi yukdan, tarozi simon tarzda foydalanishimiz mumkin. Bochka ichidagi biogaz bosimi kamayib yoki ko'payib ketgan hollarda ham qo'ng'iroq o'z muvozanatini bir xilda tutib tura oladi. rasm. Muvozanatni saqlash qurilmasi Tenglikni bir xilda saqlovchi bu moslamadan, qurilmani tozalash davrida ko'tarish qurilmasi sifatida ham foydalanish mumkin bo'ladi. Qurilma materiali ruxlangan metall listdan tayyorlangan bo'lib, uning qalinligi 2-5 mm gacha bo'lishi kerak. Qurilma korroziyaga chidamli bo'lishi uchun bir necha marta qurilmani lokli bo'yoqda bo'yab chiqish kerak. Qurilma ichida hosil bo'lgan biogaz bosimini birgina qo'ng'iroq qopqoq holatidan kelib chiqqan holda kifoyalanibgina qolmay, uning aniq bosimini ham aniqlashimiz mumkin. Masalan: qo'ng'iroq diametri 2 m tashkil qilsa, uning dozasi S=πR2=3˙14˙1=31400 sm2 dan iborat bo'ladi. Bochka devorlari balandligi 2 metr va qalinligi 5 mm bo'lgan taqdirda uning umumiy og'irligi 600 kg dan iborat bo'ladi. Aniq faktorlarga asoson og'irlikni 470 kg deb oladigan bo'lsak, u holda 0,15 atm da qopqoq qo'ng'iroq harakatga keladi. SI sistemasiga asosan M=470 kg og'irlik kuchi bo'lsa, biogaz bosimi r=4700: 31400= ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:02:34
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:02 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc