Dars o'tishda masala, mashq, testlar, esse yozish va ulardan iqtisodiyotni o'rganishda foydalanish

Dars o'tishda masala, mashq, testlar, esse yozish va ulardan iqtisodiyotni o'rganishda foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Dars o'tishda masala, mashq, testlar, esse yozish va ulardan iqtisodiyotni o'rganishda foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Dars o'tishda masala, mashq, testlar, esse yozish va ulardan iqtisodiyotni o'rganishda foydalanish Reja: Iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o'rni Masala-mashqlar va ularni nazariy va amaliy mashg'ulotlarda qo'llash. Testlar, ularni tuzish, o'tkazish va javoblarini muhokama qilish Iqtisodiy fanlardan esse yozish va esse uchun savollar tuzish Tayanch so'z va iboralar: Masala. Masala yechish metodi. Mashq qilish. Mashqlar-dan foydalanish metodi. Test. Test yechish metodi. Ochiq test. Yopiq test. Esse. Esse yozish metodi. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o'rni Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma'lumotlar, raqamlar bilan ish ko'radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma'lumotlar bilan ishlay bilish, qo'ygan maqsadiga ko'ra ular asosida hisob-kitob, matematik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi-o'zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'lish talab qilinadi. Bu o'z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o'tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko'rishni zarur qilib qo'yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng keladigani yo'q. Shning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o'rganishda markaziy o'rinni masala, mashq yechish egallaydi. Sababi: Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o'rganishning bosh maqsadi -olingan bilimni amaliyotda qo'llash imkonini ta'minlaydi. Ikkinchidan, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi. Uchinchidan, masala fikrlashni o'rgatadi. Shning uchun ham masala so'ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish ob'ekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo. To'rtinchidаn, o'tilgаn mаvzuni tаkrоrlаsh, mаzmun-mоhiyatini аnglаb еtishdа yuqоri sаmаrа bеrаdi. Masalaning mazmuni bir tomondan hal etilishi lozim bo'lgan narsa, ish, muammo tushunilsa, ikkinchidan, bahs, muhokama, munozara mavzusi, uchinchidan esa ma'lum sonlar va tegishli amallar asosida no-ma'lum sonlarni topish haqidagi matematik vazifa tushuniladi. Masala yechish metodi - berilgan raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisob-kitob qilish orqali noma'lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni o'rgatuvchi metoddir. Masala yordamida fanni o'rganganda aniq raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o'yin, kichik guruhlarga bo'lish, konkurs o'tkazish va boshqa metodlar asosida dars o'tishda ham masala-mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta. Talabalarda malaka, ko'nikma hosil qilishda alohida o'rin tutadigan metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi eng avvalo mashqlarni amaliyot bilan bog'langanligidir. Mashq qilish deganda o'zi o'rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg'uloti va uni takror va takror bajarishni tushnamiz. Mashq - inson oldiga qo'ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo'lish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir. Mashq - o'zining bilimlarini chuqurlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.47 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.47 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga