Reja: 1.Dunyo aholi sonining o'sib borish xususiyatlari. 2.Oziq - ovqat mahsulotlari muammosi. 3.Aholi o'sib borishining atrof - muhitga ta'siri. 1.Dunyo aholi sonining o'sib borish xususiyatlari: Odamzod paydo bo'lgan ilk davrlarda uning tabiiy ko'payishi nisbatan juda sekin bo'lgan. Yangi era boshlarida Yer yuzasida taxminan 250-300 mln aholi bo'lib, 100-140 mln nafari Hindiston, 70 mlnga yaqini Xitoy, 10 mlndan oshigi old Osiyo va Shimoliy Amerikada yashaganligi fanga malum. Usha davrlarda sobiq ittifoq hududida 5-10 mln. kishi yashagan, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mintaqasida ham aholi ancha zich bo'lgan. Dune aholisi soni XVII asr o'rtalariga kelibgina 0,5 mlrdga etgan, XIX asr o'rtalarida, kariyb 200 yildan sung 1 mlrdni tashkil etdi. Umuman, dunyo aholisi soni 1 mlrd bo'lishiga 100 yil lozim bo'lgan bo'lsa, 2 mlrd uchun 80 yil, 3 mlrdga 30 yil, 4 mlrdga 15 yil, 5 va 6 mlrd. bo'lishiga 13-12 yil kifoya qildi Dunyo aholisi sonining o'sishi (mln. kishi) Hozir dunyo aholisi yiliga o'rtacha 80 mln. kishiga ortib borayotganligi etiborga olinsa, 2025 yilda sayyoramizda 8206 mln., 2050 yilda 9-10 mlrd. aholi yashashga bashorat qilinmokda (BMT bashorati). Dunyo aholisining tez suratlarda ko'payishi XX asrning o'rtalarida eng yuqori darajalarga kutarildi. Bu jarayon ayniqsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida «demografik portlash»ga sabab bo'ldi. 1950-1987 Yillar mobaynida ushbu mamlakatlar aholisi kariyb 2,26 martaga ko'paydi. Dunyo aholisining 80% dan ziyodi aynan usha mamlakatlarda yashamokda XXI asr busagasiga kelib aholisi soni 10 mln. kishidan ortgan mamlakatlar soni 71 taga etdi. Shulardan 11 tasida aholi soni 100 mln. dan ortdi. Aholisi soni 10 mln. dan ortgan mamlakatlarning 50 dan ortigi ham Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi hissasiga to'g'ri keladi. Umuman, ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining salkam 95%i istikomat qilmokda. Xitoy, Hindiston, AKSh, Indoneziya, Braziliya va Rossiyada Yer shari aholisining deyarli yarmi yashamokda. Dunyo aholisining 80 %i qismi asosan balandligi dengiz satxidan 500 m gacha bo'lgan hududlarda (kuruklik yuzasining 28%i da) yashaydi. Afrika va Janubiy Amerika aholisining salmokli qismi 500-1500 m balandliklarda istikomat qiladi (34,6; 27,5%). Aholining Boliviyada 88%, Peru, Meksika, Afroniston, Xabashistonda 66%i dengiz satxidan 100 m dan balandda, Gollandiyada esa aholining 40%i dengiz satxidan past hududlarda yashaydi. Dunyo aholisining 52,7%i dengiz soxillaridan unchalik Uzoq, bo'lmagan hududlarda (200 km gacha), 47,3%i esa kuruklikning ichki qismlarida hayot kechiradi. Dunyo aholisining 70%i kuruklikning 7%ida mujassamlashgani holda, kuruklikning 50%ida o'rtacha zichligi har kvadrat qilometrga 1-2 kishidan ortmaydi. Yer yuzasining 15% qismida aholi deyarli yashamaydi. Aholi zichligi 1920 yilda 13 kishidan, 1950 yilda-18, hozirda 40 kishiga etdi. Dunyo aholisining zichligi ham uning turli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.41 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.41 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc