Dunyo suvlari va uni muhofaza qilish

Dunyo suvlari va uni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Dunyo suvlari va uni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Gidrosfera. Tabiatda suvning taksimlanishi. Tabiatda suvning aylanma harakati. Gidrosferaning ana shu kismida taxminan 2,3 mlrd.km3 suv resurslari mavjud. Agar bu xajmdan kimyoviy boglangan suvlarni etiborga olmasak, bugungi kunda Yerda taxminan 1,39 mlrd.km3 suv resurslari mavjud. Bu suvlarning asosiy kismi 97,5% - okean va dengizlarda joylashgan, fakat 2,5% kismi chuchuk suvlarga to'g'ri keladi. Suv tabiatda eng ko'p tarkalgan modda hisoblanadi va u turli xil ko'rinishlarda va holatlarda uchraydi. Erkin holatdagi suvlar yer yuzasi okimlarini va xavzalarini, yer osti suvlarining asosiy kismini, qattiq holatdagi suvlar esa muzlik, kor katlamlarini tashkil qiladi. Atmosferada suvlar bug, suyuk va qattiq holatda uchraydi. Suvlarning kattagina kismi Yer pustida boglangan suvlar ko'rinishida, minerallarning tarkibiga kirgan kimyoviy jihatdan boglangan ko'rinishda va tog jinsi zarralarining yuzasida molekulyar tortish kuchlari bilan ushlanib turadigan mayda zarralar ko'rinishida uchraydi. Yer yuzasining deyarli 71% maydoni suv qatlamlari bilan koplangan. Bu qatlam okean, dengiz, mintaqaviy suv xavzalari va muzliklardan tashkil topadi. Bu qatlam yer pustining yuqori kismida joylashgan yer osti suvlari bilan birgalikda gidrosferani hosil qiladi. Gidrosfera suvlari yer pusti va atmosfera oraligida joylashgan bo'lib, akademik V.I. Vernadskiyning takidlashicha, tabiatdagi barcha suvlar o'zaro uzviy boglangan yagona tizimni tashkil qiladi. Gidrosferaning yuqorigi chegarasi hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra 8-17 kilometr yer yuzidan balandlikda, pastki chegarasi esa yer pustining asosiga to'g'ri keladi deb ajratish mumkin. Atmosferada suvlar kam miqdorda joylashgan va Yerdagi suvlar zaxirasining 0,001% ini tashkil qiladi. Lyokin bu suvlarning aylanma harakatdagi ahamiyati juda kattadir, chunki atmosferadagi jarayonlar suv buglarini okeandan mintaqalarga olib kelinishida xal qiluvchi omil hisoblanadi. Suvlar yer yuzida o'ta notekis taksimlangan va ularning asosiy kismi shur suvlardir. Bu suvlar avval takidlanganidek Dunyo okeani bilan bog'liq va yer sharining uchdan ikki foiz yuzasini tashkil qiladi. Chuchuk suv zaxiralarining asosiy kismi muzliklar va kor katlamlariga tuplangan bo'lib, Yerdagi chuchuk suvlar zaxiralarining 70% ini tashkil qiladi. Kullarda tuplangan suvlarning umumiy zaxirasi 17600 km3 ni tashkil qiladi. Taxminan uning yarmi minerallashgan suvlardan iborat. Daryo uzanlariga joylashgan suvlarning zaxirasi 2,1 ming km3 ni tashkil qiladi va boshqa suvlarga nisbatan eng ko'p ishlatiladigan suv resurslari turiga kiradi. Yer pustida suvlar turli xil ko'rinishlarda va holatlarda yani erkin va boglangan ko'rinishlarda gaz, suyuk va qattiq holatlarda uchraydi. Ularni yer pusti kesimidagi taksimlanishi tog jinslarining govakligi, yoriklari, va chuqurliklarining ortishi bilan uzgaradigan termodinamik va fizikaviy-kimyoviy sharoitlar bilan bog'liq. Oxirgi yillarda o'tkazilgan hisoblarga ko'ra yer gidrosferasidagi suvlar miqdori taxminan 0,9 mlrd.km3 dan iborat va Dunyo okeani suvlari zaxirasining uchdan ikki kismini tashkil qiladi. Dunyo suvlari zaxirasiga bu suvlardan fakat yer pusti yuqori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga