Dunyodagi va O'zbekistondagi atrof muhit holati RYeJA Fan va texnika taraqqiyoti va ekologik barqarorlik Yerdagi beqarorlikning vujudga kelish omillari Ekologik iz Iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi Iqlim o'zgarishining kuzatilishi Fan va texnika taraqqiyoti va ekologik barqarolik 1919 yilda Nobel instituti rektori Svante Arrenius quyidagilarni yozgan edi (Arrenius, 1926): «Injenerlar turli alkogol muqobil yoqilg'ilarida ishlaydigan yanada samarali ichki yonuv divigatellarini loyihalashtirishlari hamda batareyalardan foydalanish bo'yicha yangi tadqiqotlar olib borishlari kerak. Shamol va quyosh energiyasida ishlaydigan dvigatellar juda istiqbolli bo'lib, ular atmosferaga SO2 ni tashlamaydilarIssiqlik elektr stansiyalarini ko'mir konlarining yonida qurilishi Barcha yoritish anjomlari samarali elektr lampochkalariga almashtirilishi lozimligi». Jahon bankining sobiq direktori German Deylining ekologik barqarorlikni ifodalovchi uch qoidasi 1. Qayta tiklanadigan resurslar, jumladan baliq, unumdor yer va yer osti suvlari kabilar, ularni qayta tiklanish jarayonidan tez bo'lmagan suratda ishlatilinishi kerak; 2. Qayta tiklanmaydigan resurslar, jumladan foydali qazilmalar va qazib olinadigan yoqilg'i kabilar, ularni o'rnini bosa oladigan muqobil manbalar kashf qilinib, tadbiq qilishdan tez bo'lmagan suratda ishlatilinishi kerak; 3. Ifloslovchi birikmalar va chiqindilarni ularni tabiiy tizimlar tomonidan yutilishi yoki qayta ishlanishi va zararsizlantirilishi jarayonidan tez bo'lmagan suratda tashlanishi kerak. Issiqxona effekti 1896 yil Arrenius uglerod dioksidi miqdorining atmosferada ko'payishi Yerdagi haroratni ko'tarilishiga olib kelishi mumkin, deb tahmin qilgan. Buni Arrenius Issiqxona effekti deb nomlagan va uni quyidagicha baholagan: Agar uglerod dioksidining miqdori geometrik progressiya bo'yicha ko'paysa Yerning harorati deyarli arifmetik progressiya bo'yicha ko'tariladi. Hozirgi kunda qanday siyosiy chora tadbirlarni ko'rish kerakligini aniqlash uchun insonning tabiyatga bo'lgan o'zgaruvchan talabi to'g'risida ma'lumotlar kerak. EKOLOGIK IZ Britaniyaning Kolumbiya universitetida Uokernagel va Riyz tomonidan istiqboldagi tasavvurga ega bo'lish uchun Ekologik iz tushunchasi taklif qilindi (Rees, 1992). Ekologik iz insonlarning ehtiyojlarini ta'minlash uchun va chiqindilarni hazm qilinishi uchun kerak bo'lgan bilogik mahsuldor yer maydoni yoki suvning yuzasi miqdorlari bilan tenglashtiriladi. Uning birligi global gektar bilan o'lchanadi. 1 global gektar - biologik mahsuldor va uglerod dioksidini yuta oladigan Yerning yoki suv sathining o'rtacha 100 x 100 metr maydoniga teng. EKOLOGIK IZ ning o'sishi 1961 yildan 2007 yilgacha Ekologik iz taxminan ikki barobar ortgan. Bu o'sish asosan uglerod dioksidi gazining atmosferaga tashlanishi keskin ko'payganligi hisobiga bo'lgan. Ekologik iz shuni ko'rsatayaptiki, 1970-yillarda insoniyat faoliyatida me'yordan chetga chiqish sodir bo'la boshlagan, yani resurslarni keragidan ortiqcha sarflash boshlangan. 2010 yilga kelib esa Ekologik iz Yerga nisbatan 1,5 ekvivalent miqdorni tashkil etgan. Bu esa Yerdagi beqarorlikni ko'rsatadi. Yerdagi beqarorlikning vujudga kelish omillari Iqlim o'zgarishi Issiqxona effekti. Radiatsiyali ta'sir Turli gazlarning SO2 ga nisbatan atmosferada yashash davri va iqlimni Global Isitish Potentsiali ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.45 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.45 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: pptx