Reja: 1 Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish to'g'risida tushuncha. 2 Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirishning asosiy prinsiplari va turlari. 3 O'zbekistonning ekologik - iqtisodiy rayonlar va ularni rivojlanishining strategik vazifalari. 1. Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish to'g'risida tushuncha. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni hududiy tashkil etish ekologik-iqtisodiy ragbatlantirish nazariyasi va amaliyotiga asoslanadi. Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish doirasida regionlar va hududlar xo'jaligining ixtisoslashishi va kompleks rivojlanishi masalalari bir katorda xo'jalik va tabiatning konkret hududlarda o'zaro ta'sirining maqsadga muvofik shakllari xam belgilanadi. Shu sababdan regionlar tabiatidan foydalanishning hududiy xususiyatlarini fakat ekologik iqtisodiy rayonlashtirish orqali aniqlash mumkin. Ekologik-iqtisodiy rayonlashtirish mamlakatda tabiiy - ekologik potentsialini xar tomonlama hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyotining hududiy rivojlanishini takomillashtirishga va regionlarning tabiiy resurs potentsialidan regional foydalanishni hududiy boshqarishni tashkil etishga xizmat qiladi. U regionlarning malum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi bilan uzviy bog'liq bo'lib, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning muhim omilidir. 2. Ekologik-iqtisodiy rayonlashtirishning asosiy tamoyillari va turlari. Ekologik -iqtisodiy rayonlashtirishning ixtisoslashgan yo'nalishi va turi bo'lib, u ikkita asosiy prinsipga asoslanib amalga oshiriladi: hududiy mehnat taqsimoti; 2) Ushbu hududlar ishlab chiqarish kuchlarining tabiiy muhitga ta'sir ko'rsatish darajasi. hududiy mehnat taqsimoti iutisodiy rayonlarning chegarasi va mazmun mohiyatini belgilab bersa, ilab chiqarish kuchlarining tabiatga ta'siri esa rayonlashtirishning ekologik yo'nalishini, ekologik-iqtisodiy rayonlar hududlarining differentsiatsiyasini yoki ularning ekologik belgilari bo'yicha majmuasini hududiy farqlarini kursatadi. hududiy mehnat taqsimoti rayonlashtirishning iqtisodiy mexanizmi, rayonlashtirishning omili hisoblanadi. Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish ikki xil yo'nalishda integral rayonlashtirish va tarmot rayonlashtirishga bulinidi. Shuningdek maxsus ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish xam mavjud bo'lib, ular ekotizimlarga antropogen va texnogen ta'sirining hududiy farqlarini kurstadi va ularning tizimi shunga mos keladigan tabiat muhofazasi rejimini amalga oshirishni takazo etadi. 3. O'zbekistonda ekologik-iqtisodiy rayonlari va ularni rivojlantirishning strategik vazifalari. O'zbekistonda ekologik-iqtisodiy rayonlashtirishning asosini mamlakatni uchta yirik makro zonaga va 8 ta ekologik-iqtisodiy rayonga bo'lish tashkil etadi. Makro zonalar mamlakat xalq xo'jaligi kompleksining hududiy zona ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini umumiy tahlil qilish va muammolarini aniqlash, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish istiqbollarini belgilash uchun joylashtiriladi. Makro zonalar bir birlaridan tabiiy ekologik xususiyatlari, ishlab chiqarish kuchlari joylashishining o'ziga xosligi, tabiiy resurs potentsialidan foydalanish va hududlarni uzlashtirilishi darajasi bo'yicha tubdan farq qiladi. O'zbekiston hududi uchta yirik makro regionga bulinadi: Chul (saxro) zonasi; 2) Sugoriladigan tekkislik (antrogen) zona; 3)Tog oldi-tog xonasiyu Mamlakatning hozirgi ekologik iqtisodiy rayonlari tizimi asosan O'zbekistonning asosiy iqtisodiy rayonlar tizimiga mos keladi. Ekologik iqtisodiy rayonlarning iqtisodiy rayonlardan asosiy farqi bunda ishlab chiqarish kuchlarining tabiiy muhitga ta'sirining hududiy farqlari asosiy rayonlashtirish mezoni ekanligidadir. Xar bir ekologik iqtisodiy rayon ishlab chikargan kuchlarining ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc