Reja: 1. Almashlab ekish. Monokultura. Biologik kurash metodi. 2. O'rmonchilik. Baliqchilik. Yopiq ekologik sistemalar Qishloq xo'jaligini ekologiyalashtirish. Qishloq xo'jaligida qadimdan ko'r-ko'rona ekologik qonuniyatlardan foydalanib kelingan. Ekinlarga ishlov berish, o'g'itlash, sug'orish, begona o'tlar va zararkunandalarga qarshi kurash va mo'l hosil olishga qaratilgan boshqa tadbirlar qishloq xo'jaligi ekinlari uchun eng optimal sharoit yaratishdan iborat. Ekologik bilimlar bu tadbirlarni ilmiy asoslanishiga qo'yishga imkon beradi. Almashlab ekish. Biror ekinni bir joyning o'zida ko'p yillar davomida surunkasiga eqilishi monokultura (yakka ziroatchilik) deyiladi. Monokultura tuproqda o'simlik uchun zarur bo'lgan mineral elementlarning kamayishiga, tuproqni zichlashib, uning havo va suv o'tkazish xususiyatining yomonlashuviga; foydali turlar sonining kamayib, zararkunandalar va kasallik tug'diruvchi organizmlar sonining keskin ko'payishiga olib keladi. Almashlab ekish tuproqni organik moddalar va mineral elementlar bilan boyitadi; uning strukturasini yaxshilaydi. Almashlab ekiladigan dalalarda ekinlar almashinib turishi sababli biror zararkunandani birdaniga tez ko'payib ketishiga imkon paydo bo'lmaydi; o'simlikxo'r organizmlar bilan birga kushandalari ham ko'payib, zararkunandalar sonini cheklab turadi. Almashlab ekish uning sxemasini tuzishdan boshlanadi. Bu sxemada almashlab ekishga mo'ljallangan dalalarda ekinlarning yillar bo'yicha nisbati belgilab beriladi. Paxtachilikda odatda g'o'za, g'alla, beda 1:2:7 (bir yil g'alla, 2 yil beda, 7 yil g'o'za) yoki 1:2:3:1:2 (birinchi yil g'alla, 2 yil g'o'za, 3 yil beda, birinchi yil g'alla, 2 yil g'o'za) sxema bo'yicha almashlab ekiladi. Keyingi yillarda don etishtirishning ko'payishi bilan almashlab ekishda g'allaning hissasi ortib bormoqda. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash metodlari. Yaqin yillargacha ekinlar zararkunandalari va begona o'tlarga qarshi pestitsidlar deb ataladigan organik birikmalar qo'llanilgan. Lekin pestitsidlar faqat zararkunandalarni emas, balki foydali organizmlar, jumladan zararkunandalarning kushandalarini qirib yuboradi. Oqibatda biotsenozlardagi ekologik muvozanat buziladi, organizmlar sonining o'z-o'zidan boshqarilib turilishi izdan chiqadi. Bundan tashqari pestitsidlar atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Biologik metod zararkunanda organizmlarga qarshi kurashda boshqa organizmlardan yoki ulardan ishlab chiqadigan moddalardan foydalanishdan iborat. Zararkunandalar sonini ularni o'ldirish yoki ko'payishining oldini olish orqali kamaytirish mumkin. Avstraliyada quyonlar sonini kamaytirish maqsadida ularni Janubiy Amerika quyonlarida uchraydigan virus bilan kasallantirilgan. Birinchi epidemiyaning o'zida kasallangan quyonlarning 98,8 % i qirilib ketgan. Avstraliyadan Shimoliy Amerikaga va u yerdan Yevropaga tarqalgan mevali daraxtlar zararkunandasi Avstraliya qalqondoriga qarshi kurashda bu parazitning kushandasi-«Rodoliya» tugmacha qo'ng'izidan foydalanish ham katta amaliy ahamiyatga ega bo'ldi. Biologik metoddan begona o'tlarga qarshi kurashda ham foydalanish mumkin. Xona o'simligi sifatida Avstraliyaga olib kelingan opunsiya kaktusi tabiiy sharoitda tushib qolganida ko'payib, tez orada haydaladigan dalalar va o'tloqlarni egallab olgan. O'tgan asrning 30-yillarida bu kaktusga qarshi kurashish maqsadida Argentinadan qurtlari kaktus bilan oziqlanadigan kapalaklar olib kelinadi. Kapalaklar qurtlari bir necha yil davomida kaktuslarni eb, ular sonini kamayishiga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.69 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.69 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc