Ekologik biotexnologiya va uning yangi rivojlanayotgan sohalari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari

Ekologik biotexnologiya va uning yangi rivojlanayotgan sohalari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik biotexnologiya va uning yangi rivojlanayotgan sohalari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologik biotexnologiya va uning yangi rivojlanayotgan sohalari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari Reja: Turg'un ifloslantiruvchi manbalar Ko'chma ifloslantiruvchi manbalar Suv resurslarining ifloslanish manbalari O'simliklarni himoya qilishning biologik usuli O'zbekiston Respublikasida atrof muhit holati, unga ta'siri va muhofaza qilish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishni baholash mexanizmi yoki keng ma'noda umumlashtirilgan integral tahlili so'nggi yigirma yilda katta odimlar bilan rivojlandi. Inson va atrof muhit himoyalanishi holati hamda ifloslangan atrof muhitning xavfli ta'siri qonuniyatlari va o'zaro munosabati haqidagi bilimlar tizimining shakllanishi umumiy muammosi, shuningdek ekologik xavfsizlikni ta'minlashning yagona va kompleks tizimini yaratish muammosi vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va uning tuzilmaviy bo'linmalari ma'lumotlari, avval nashr etilgan «O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to'g'risida»gi milliy ma'ruzalar «Ekologik indikatorlar bo'yicha O'zbekiston atrof muhiti holatini baholash» atlasi, vazirliklar, idora va tashkilotlar, BMT Taraqqiyot dasturi, YuNEP, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekologik axborotini umumlashtirish asosida so'nggi 20 yil davomida atrof muhit va tabiiy resurslardan foydalanish holati va retrospektiv tahlili, taraqqiyot bahosi, tamoyillari hamda prognozi birinchi marta yoritiladi. Ekologik xavfsizlikning vujudga kelish mexanizmlari, shaxs, jamiyat, shuningdek davlat hamda turli faoliyat turiga ixtisoslashgan tashkilotlar, korxonalar, obyektlar ekologik xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tizimli yondashuvning o'zaro bog'liqligi ochib beriladi|, shuningdek, atrof muhiting hozirgi holati, tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish va sifatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan hamda oshirilayotgan faoliyat haqida ma'lumotlar taqdim etilgan. Ekologik biotexnologiya bu ekologik, ya'ni atrof-muhit muammolarini yechishda mutanosib biotexnologiyaning qo'llanilishidir. Binobarin, qoldiq chiqindilarni qayta ishlash, ifloslanishga qarshi kurash, biotexnologik uslublarning biotexnologik bo'lmagan texnologiyalar bilan qo'shishdir. Ifloslanishga qarshi kurash hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni yerga kumish ham atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Biroq ekologik biotexnologiyada ko'milgan chiqindilardan biogaz olish jarayonlarini ham ko'rib chiqish kerak. Bundan tashqari ekologik biotexnologiya zararkunandalarga qarshi biotexnologik kurash va azotni biologik fiksasiya qilishni amalga oshiradi. Ekologik biotexnologiya nuqtai nazardan, aerob jarayonlar muhim hisoblanadi. Bu jarayonlarda suvni tozalash va uni stabillash ishlari olib boriladi. Buning uchun turli xildagi reaktorlar konstruksiyalari mavjud. Ma'lumki, hozirgi paytda Respublikamizning qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, aholini ekologik toza oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bilan ta'minlash o'z yechimini kutayotgan muammolardan hisoblanadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amalda kengroq joriy etish, o'simliklarni tez va muntazam rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tuproq tizimini yaxshilash kabi muammolar ko'ndalang bo'lib turibdi. Ekologik toza qishloq xo'jalik mahsulotlar ishlab chiqarish nafaqat agrotexnika qoidalariga amal qilish, mineral va organik o'g'itlarni ko'proq qo'llashga, balki tuproqning minerologik tarkibi va g'ovakligiga bog'liqdir. Tuproqning g'ovakligi qancha yuqori bo'lsa, uning filtrlash qobiliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.86 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.86 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga