Ekologik ekspertiza turlari

Ekologik ekspertiza turlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ekspertiza turlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologik ekspertiza turlari Reja: Ekologik ekspertiza turlari to'g'risida tushuncha Davlat ekologik ekspertizasi 5. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko'p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga qo'yidagilar kiradi. 2. Jamoat ekologik ekspertizasi 3. Ekologik audit 4. Idoraviy ekologik ekspertiza Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. 1. Davlat ekologik ekspertizasi Ekologik audit xo'jalik va boshqa xil faoliyat obyekti mulkdori qaroriga asosan o'tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug'iga muvofiq o'tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o'quv yurtlari tashabbusi bilan o'tkaziladi va uning xulosasi axborot xarakteriga ega bo'ladi. Ekologik ekspertizaning yana qo'yidagi maxsus turlari ham mavjud: 1) ekologik-sanitariya ekspertiza. Ushbu yo'nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo'lgan obyekti-insonning hayoti va salomatligi bo'lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o'zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o'tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta'sirida atrof muhitning zararli ta'sir ko'rsatishi bilan inson solomatligi holati va uning o'zgarishlari to'g'risidagi sababli bog'lanishni aniqlashdan iborat. 2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me'yori, radiatsiya ta'siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta'sirining ruhsat etilgan me'yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. 3) ekologik-huquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, uning obyekti qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, Respublika subyektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o'tkazish hisoblanadi. Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o'tkazish O'zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo'li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. Davlat ekologik ekspertizasi mo'ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o'tkaziladi. Ishlab chiqarish-xo'jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro'yobga chiqarishga, obyektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to'g'risida» qonuniga muvofiq qo'yidagi obyektlarni ekologik ekspertizadan o'tkazish majburiydir (11-modda): Davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; Barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari; Loyiha oldi va loyiha hujjatlari; Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma uslubiy hujjatlarning loyihalari; Texnika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga