Ekologik ekspertiza va ekologik monitoring Reja: 1. Davlat ekologik ekspertizasi va uning asosiy maksadi. 2. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil kilish, utkazish, xujjatlarga bulgan talablar va uning xulosalari. 3. ekologik monitoring. . Ekspertiza atamasining asl ma'nosi tekshiruv, taxlil dir. ekologik ekspertizani o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza қilish davlat қo'mitasi tomonidan қabul қilingan maxsus қaror (1993 yil 4 may M:8-TK sonli қaror) asosida amalga oshiriladi. Mazkur қaror қuyidagilarni belgilaydi: Xalқ xo'jaligi ob'ektlarini va komplekslarini ko'rish loyixalari va texnika-iқtisodiy asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (Dee) o'tkazishning bir xil tartibini belgilaydi. Dee dan o'tkazish paytida tomonlar (ya'ni, buyurtmachi va loyixalash tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi. Mazkur қarorni bajarish қuyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa қilib belgilangan: O'z faoliyatida salbiy ekologik oқibatlarni bartaraf etish yoki ularni engillatishga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa- xujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar. Loyixa-xujjatlarni ishlab chiқuvchiga va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta'minlashga kafillik beruvchi tashkilotlar. Tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni muxofaza қilishni nazorat қiluvchi davlat tashkilotlari. Atrof-muxit musaffoligini saқlab қolish, atmosfera xavosi, suv xavzalari, tuproқ, o'simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maқsadida yangitdan vujudga keltiriladigan қanday muҳandislik loyiҳasini uning katta-kichikligidan қat'i nazar avvalo Davlat ekologik ekspertizasidan o'tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda kabul kilingan Tabiatni muҳofaza қilish to'ғrisidagi қonunda xam yozib қuyilgan. Dee ning maқsadi - xo'jalik korxonasining tevarak-atrof xolatiga nisbatan ekologik xavfini aniқlash, ushbu xavf darajasi- ning me'yoriy ko'rsatgichlarga nisbatan қanchalik kattaligini baxolashdir. Dee dan o'tkazilishi shart bo'lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jixatdan asoslangan bo'lishi zarur. Dee sidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shaxar қurilishi, chiқindilar to'planadigan joylar, ularni ko'mib yoki yondirib zararsizlantirish maxsus joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan ҳududlar va boshқa xo'jalik ob'ektlari loyiҳalari albatta o'tkaziladi. Loyixada xo'jalik ob'ektlarining uz faoliyati davrida atrof-muxitga zarar etkazishi oldi olingan bo'lsa, ya'ni maxsus tozalash қurilmalari va inshootlari mavjud bo'lgan taқdirda, ushbu loyixani amalga oshirishga ruxsat beriladi. Toglardagi daryo xavzalarida ishga tushirilishi lozim bo'lgan ma'dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyixalari ekolo gik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o'tkaziladi. Chunki bunday nozik loyixalarda texnologik tizim yoki ma'danlarni saқlash joylaridan ularning bir қismi soy suvlariga aralashishi butun xavzada noxush oқibatlarga olib kelmasligiga xech kim kafolat bera olmaydi. Binobarin, ekspetriza chorida ro'y berishi mumkin bulgan mazkur noxush xodisaning қanday oldi olinishi mumkinligi xamma tomonlama chuқur tekshiriladi. Dee si asosan Tabiatni muxofaza қilish davlat ko'mitasida o'tkaziladi. Dee ni o'tkazish uchun me'yoriy manbalar sifatida қuyidagi 3 ta xujjat asos қilib olinadi: 1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 9 dekabrda қabul қilingan Tabiatni muҳofaza қilish to'krisidagi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.21 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.21 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc