Ekologik ekspertiza

Ekologik ekspertiza

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ekspertiza - rasmi

Material tavsifi

Ekologik ekspertiza Reja: 1. Ekspertizaning mohiyati va mazmuni. 2. Ekologik ekspertizani olib boruvchi tashkilotlar. 3. Tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning guruhlarga bo'linishi. 4. Davlat ekologik ekspertiza obyektlari va tarkibi. 5. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. Ekspertizaning mohiyati va mazmuni Davlat ekologik ekspertizasi faoliyati O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi, «Ekologik ekspertiza to'g'risida»gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001 yildagi 491-sonli «O'zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori, boshqa qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi xo'jalik qarori qabul qilishga olib keluvchi, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning majburiy mezonidir. DEE ning maqsadlariga - xo'jalik yoki boshqa faoliyatda mo'ljallangan amalga oshirilayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish Qonunlari talablariga mos kelishini baholash, loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan choralarning asoslanganligi va yetarliligini aniqlash kiradi. Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo'ljallangan sanoat korxonasining, biror qurilma yoki asbobning tabiiy muhitga ta'sirini aniqlash uchun ular ekolyugak ekspertizadan o'tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi tabiiy muhitni insonning zararli faoliyatidan muhofazalashdir. Sanoat korxonalari, suv inshootlarini qurish yoki ta'mirlash loyihalarini ekspertizadan o'tkazish, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish imkoniyatlarini beradi. Ekspertizada qurilish va ta'mirlashdan tashqari, davlat standartlari, kimyoviy moddalarning qo'llanish texnik sharoitlari, transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to'lqin kabilar bilan ta'sirni kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi. Ekologik ekspertizani olib boruvchi tashkilotlar Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat ekologik ekspertizani tabiatni muhofazalash Davlat qo'mitasi o'tkazadi. Ko'p qirrali muhim qurilishlarni har tomonlama mukammal o'rganish maqsadida har xil mutaxassislardan iborat ekspert komissiya tuziladi. tashkilotlarning ekologik ekspertizasini vazirlik va tashkilotlarning tabiatni muhofazalash bo'limi va sanitar-epidemiologiya bo'limi xodimlari o'tkazadilar. Ekspertiza davlatning ekologiyaga oid qonun va qoidalariga asoslanib olib boriladi, chiqariladigan chiqindi va salbiy ta'sirlar me'yornomada ko'rsatiladi. («PDK» dan oshib ketmasligiga alohida ahamiyat beradi). Sanoat yoki asbob-uskunani ekologik jihatdan sozligini va xavfsizligini ularning ma'lum miqdordagi mahsulotga chiqariladigan chiqindi va uning toksik xususiyatlari belgilaydi. Agar yangi texnologik jarayon oldingisiga nisbatan kamroq chiqindi chiqarsa, u ekologik xavfsizroq hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishda inson salomatligini saqlash uchun zaharli kimyoviy moddalarni qo'llashga taalluqli maxsus sanitariya va agrotexnika qoidalariga so'zsiz amal qilish lozim. Tuproqning turli zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini muhofaza qilish Davlat standarti (17.4.1.02.-83) asosida olib boriladi. Mazkur standartga muvofiq tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazorat qilish moddalarning zararli darajasiga qarab tasnifot qilinadi. Davlat standartiga asosan kimyoviy moddalarning xavfi (zararli) darajasi 3 guruhga bo'linadi, chunonchi: 1) O'ta xavfli moddalar. 2) O'rtacha miyona xavfli moddalar. 3) Kam xavfli moddalar. zaharli kimyoviy moddalarning xavfliligi qaysi guruhga taalluqli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.74 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.74 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga