Логотип Подзаголовок слайда Ekologik ekspertizani baholash Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o'simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta'sirini baholashga aytiladi. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo'mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo'yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud. O'zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o'tkazish. O'zbekistonda o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o'tkazila boshlandi. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o'rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me'yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me'yorda bo'lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o'tkazilgan. Ekologik ekspertiza to'g'risidagi Qonun 200 yil 25 mayda qabul qilingan. Iqtisodiyotning rivojlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatni hisobga olgan holda mazkur Qonunni хalqaro hujjatlar bilan uyg'unlashtirish, ekologik baholash milliy tizimi salohiyatini oshirish maqsadida takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko'p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga qo'yidagilar kiradi. 1. Davlat ekologik ekspertizasi 2. Jamoat ekologik ekspertizasi 3. Ekologik audit 4. Idoraviy ekologik ekspertiza 5. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologik ekspertizaning yana qo'yidagi maxsus turlari ham mavjud: 1) ekologik-sanitariya ekspertiza. Ushbu yo'nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo'lgan obyekti-insonning hayoti va salomatligi bo'lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o'zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o'tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta'sirida atrof muhitning zararli ta'sir ko'rsatishi bilan inson solomatligi xolati va uning o'zgarishlari to'g'risidagi sababli bog'lanishni aniqlashdan iborat. 2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me'yori, radiatsiya ta'siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta'sirining ruhsat etilgan me'yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. 3) ekologik-xuquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, uning obyekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika subyektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o'tkazish hisoblanadi. Ishlab chiqarish-xo'jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro'yobga chiqarishga, obyektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to'g'risida» qonuniga muvofiq qo'yidagi obyektlarni ekologik ekspertizadan o'tkazish majburiydir (11-modda): Davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: pptx