Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari

Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologik ekspertizaning prinsiplari to'g'risida tushuncha Ekologik ekspertizaning umumiy prinsiplari Ekologik ekspertizaning ilmiy prinsiplari Ekolgik ekspertizaning peridik (huquqiy) prinsiplari prinsip so'zi lotincha «principium» so'zidan olingan bo'lib «boshlash», «asos» manosini bildiradi. Ekologik ekspertiza prinsiplari uning asosiy ilmiy qoidalari bo'lib, ular eklogik ekspertiza faoliyati uchun rahbariy ilmiy va amaliy ko'rsatkma va qo'llanma ahamiyatiga egadir. prinsiplarni ekologik ekspertiza metodlari sifatida ham tushunish mumkin. Ekologik ekspertiza prinsiplari ekologik ekspertiza faoliyati tajrabalarini o'rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanib boradi. prinsiplar tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini optimallashtirish ehtiyojlariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Shu sababdan ekologik ekspertiza prinsiplariga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) obyektiv o'zaro bog'langan. Ekologik ekspertiza prinsiplari tabiatga, tarix va jamiyatga, mamlakatga mos kelgandagina ularni hisoblash mumkin; 2) tarixan shartlanganlik. Davlat siyosati va davlat tuzumi o'zgarishi bilan ekologik ekspertiza prinsiplari ham o'zgaradi. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi munosabati bilan shunday o'zgarishlar sodir bo'ldi; 3) Tizimlilik. Ekologik ekspertizaning barcha prinsiplarini o'zaro bog'liq klassifikatsiyalash mumkin (umumiy, ilmiy, xususiy (komponentlar bo'yitcha), yuridik va boshqalar). hozirgi zamon ekologik eksspertizasi prinsiplarining quyidagi uchta yo'nalishini ajratish mumkin: umumiy prinsiplar; konkret ilmiy prinsiplar; yuridik (huquqiy) prinsiplar. Ekologik ekspertizaning umumiy prinsiplari ekologiya (shu jumladan iqtisodiy ekologiya) va tabiatdan foydalanish iqtisodi fanlarining aniqlangan va ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan prinsiplariga asoslanib ifodalangan prinsiplaridan iboratdir. Ekologik ekspertiza fanining ekspertiza faoliyati va tajribalarini maxsus yo'nalishdatadqiq etish asosida aniqlagan prinsiplari konkret ilmiy prinsiplar qatoriga kiradi. Ekologik qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan va ekologik ekspertiza amaliyotida bajarilishi majburiy bo'lgan yuridik kuchga ega bo'lgan prinsiplar yuridik (huquqiy) prinsiplar hisoblanadi. Ularni ekologik ekspertiza amaliyoti prinsiplari deb atash mumkin. Ushbu prinsiplar o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, ular bir-birlarini to'ldiradi va amaliyotda jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqalarga bog'liq qonunlarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi. Ekologik ekspertizaning umumiy prinsiplari Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqalar ham tabiat, ham jamiyat qonunlariga bo'ysunadi. Bunday o'zaro aloqalarning birinchi va eng zaruriy sharti tabiat va jamiyatning birligi bo'lib, u tabiat qonunlari bilan belgilanadi. Tabiat jamiyat rivojlanishining tabiiy asosini tashkil etadi. Inson hayoti va faoliyatini tabiatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababdan odam bir vaqtning o'zida ham tabiatning, ham jamiyatning jaralmas qismi bo'lgan bioijtimoiy mavjudotdir. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi aloqalar muvozanatini busmaslik uchun, jamiyat va odamlar ular o'rtasidagi bog'liqlik va birlikni har tomonlama hisobga olish va ushbu aloqalarda va tabiatdan foydalanishda tabiat rivojlanishining obyektiv qonunlariga asoslanishi kerak. Boshqacha aytganda tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqalarda tabiatning birinchiligi prinsipi asosiy o'rinni egallaydi. Shu sababdan tabiat qonunlariga amal qilmaslik jamiyat rivojlanishining tabiiy asoslarining emirilishiga, demak, jamiyatning ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga