Ekologik ekspertizaning asosiy yo'nalishlari

Ekologik ekspertizaning asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ekspertizaning asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologik ekspertizaning asosiy yo'nalishlari to'g'risida tushuncha Texnologik ekologik ekspertizasi Korxonalar ekologik ekspertizasi Ekologik ekspertizaning obyekti, ilgari ko'rsatib o'tilgandek, g'oyat xilma-xil bo'lib, shunga mos holda uning yo'nalishlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, ekspertizaning obyekti dasturlar loyihalari, qurilish loyihalari, ishlab chiqarishni joylashtirish loyihalari, texnika va texnologiya, xomashyo va materiallar, mahsulotlar, kimyoviy moddalar, standart va texnik, huquqiy normalarning loyihalari va boshqalar bo'lishi mumkin. Ushbu obyektlar bo'yicha ekologik ekspertiza yo'nalishlari ham shakllanadi. Ekologik ekspertizaning barcha yo'nalishlarida ham loyihadan oldin, ham loyihadan keyingi bosqichlarda asos qilib olingan materiallari qatoriga iqlim, geologik, gidrogeologik sharoitlar, tuproqning genetik va o'z-o'zini tozalashi ta'rifi, hududning o'rmon bilan qoplanish darajasi, flora, fauna, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar va boshqalar kiradi. Ekologik ekspertizani o'tkazish natijasida ekspertiza obyektining to'la modeli paydo bo'lishi, loyihaning esa atrof tabiiy muhit muhofazasi talablariga mos kelishi aniqlanishi kerak. Bu talabga erishish uchun ekologik ekspertizaning barcha yo'nalishlarida loyihaning quyidagi xususiyatlari o'rganilishi va tahlil qilinishi lozim: loyihaning asosiy maqsadi va uni tumanlardan to respublkagacha darajadagi ahamiyati; loyihani joylarda amalga oshirishning sabablarini asoslash; texnik imkoniyatlar, yer va boshqa resurslardan foydalanish sig'imi va xajmini hisobga olib texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirish; atrof tabiiy muhitning hozirgi holati va ahvoli, uni atrofdagi kontsentratsiyalar bilan taqqoslash; loyiha tadbirlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha tiplari va ishonchliligi; atrof muhitga ehtimol tutilayotgan salbiy ta'sir va uni kamaytirish bo'yicha tadbirlar; inqirozli vaziyat ehtimolini aniqlash maqsadlarida texnik-iqtisodiy ehtiyojlarning tabiat imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlash; tavsiya qilinayotgan tabiat muhofazasi tadbirlarining muqobil varianti va ularni amalga oshirishning ketma-ketligi; atrof tabiiy muhitga eng oz miqdorda (minimum) zarar yetkazish bilan texnik imkoniyatlarni eng ko'p darajada (maksimum) qo'llashni murosaga kelishini ta'minlash o'rtasidagi optimal variantni tanlash; muqobil qarorlarni quyidagi yo'nalishda taqqoslash: xarajat birligiga loyihaning ahamiyati mezonlari bo'yicha; ushbu joyda obyektni joylashtirishning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi; loyihani joylashtirishning kutilmagan oqibatlarining xavf-xatari darajasi; tabiat muhofazasi tadbirlarining shu kundagi va istiqboldagi qiymati. Dunyoning ko'pchilik rivojlangan mamlakatlari ekologik ekspertizani tabiiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, geotexnik va tabiiy-texnik tizimlar bo'yicha va tabiiy-xo'jalik regionlari bo'yicha amalga oshirish amaliyotini keng qo'llamoqdalar. Loyihalardagi atrof tabiiy muhitga ta'sirning xususiyatlari, ularni aniqlash, tahlil qilish, baholash va hisobga olish nuqtai nazaridan ekologik ekspertiza o'tkazishning quyidagi asosiy kompleks yo'nalishlarini belgilash mumkin: texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi. korxona ekologik ekspertizasi. shaharsozlik ekologik ekspertizasi. tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni o'zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi. Turli xomashyo va materiallarga ishlov berish usullari majmuasi texnologiya tushunchasining manosini anglatadi. Aynan ushbu texnologiya xususiyatlari korxonalarning mahalliy tabiiy sharoit va resurslar, iqtisodiy sharoit katta mamlakatning sharoiti bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Shu sababdan ekologik obyektlarning turli texnologik usullarini hisobga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.78 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.78 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga