Reja: Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari to'g'risida tushuncha Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Ekologik ekspertizaning boshqoruv tarmog'i va faoliyat chifatidagi mazmuni va mohiyatini ekologik huquqiy tartibga soluvchi ekologik huquqiy normalar, institutlar belgilaydi. Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat O'zbkiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi. Bu baravar darajada ekologik ekspertiza bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. Normativhuquqiy aktlar tegishli vakolatli orgonlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardan iborat bo'ladi. Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi orgon O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, Respublika subyektlarining vakolatdi hokimiyat orgoonlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari O'zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo'yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko'ra qonunlar majmui tizimi bo'lib, ular Respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog'liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) ekologik ekspertizaning maqsadi, obyektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O'zbekiston Respublikasining Ekologik ekspertiza to'g'risida(200 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to'la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo'yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to'g'risidagi qonun hujjatlari kiradi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ekologik ekspertiza bo'yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo'yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga Atrof muhitga ta'sir ko'rsatish to'g'risida bayonot (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak. 1997 yilda Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o'tkazish tarkibi to'g'risidagi rahbariy hujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu hujjatda davlat ekologik ekspertizasining prinsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan hujjatlarga qo'yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qo'yiladigan talablar, obyektlarni ko'rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining o'zaro bog'lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani o'tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan. 1997 yilda Davlat ekologik ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc