Ekologik ekspertizaning ilmiy - metodik asoslari

Ekologik ekspertizaning ilmiy - metodik asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ekspertizaning ilmiy - metodik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologik ekspertiza to'g'risida tushuncha Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, prinsiplarga asoslanish Ekologik ekspertizada atrof muhitga ta'sirini baholash «Ekologik ekspertiza» tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo'nalishda talqin etiladi. 1) ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimidagi maxsus faoliyat tarmog'i; 2) ekologik ekspertiza-fan yo'nalishi; 3) ekologik ekspertiza o'quv fani. Ekologik ekspertizaning mamlakat boshqaruv tizimida tarmoq sifatida shakllanishi uchun eng kamida quyidagi uchta sharoit bo'lishi kerak: 1) bunday tarmoqni shakllantirish uchun davlat manfaatining mavjudligi; 2) mustaqil tartibga solish (boshqarish) predmetini tashkil etuvchi tartibga solinadigan ekologik-iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarning yaqqol namoyon bo'lishi; 3) alohida metodlarda tartibga solishga extyojning borligi: Bunday sharoit O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda paydo bo'ldi: mamlakatda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tarkibida yagona Davlat ekologik ekspertiza tizimi va ularning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi ekspert organlari tashkil etildi va ular faoliyat ko'rsatmoqda 1996 yilda ushbu tizimda 63 xodim ishlagan, murakkab muammolarni ko'rib chiqish uchun 300 dan ko'proq taniqli olimlar ekspert sifatida qatnashganlar. Ekologik ekspertiza qilingan obyektlar soni 1993 yilda 1860, 1994 yilda-2640, 1995 yilda-3712, 1996 yilda-4384 ta bo'lgan 1997 yilda «Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o'tkazish tartibi» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan1. 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o'tkazish bo'yicha nizom tasdiqlangan. Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati bo'lib, u tabiat va jamiyat o'rtasidagi aloqalarni uyg'unlashtirish, ekologik-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, xalqning ekologik mafaatlarini amalga oshirish bo'yicha ekologik ekspertiza usulini qo'llash asosida tabiatdan foydalanishning ekologik talablarga muvofiq kelishini aniqlaydigan va ularni nazorat qiladigan maxsus davlat boshqaruv tizimidir. Har qanday tizim kabi ekologik ekspertiza ham uni shakllantiruvchi omillar orqali birlashgan (integratsiyalashgan) ko'plab elementlardan tashkil topgan. Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimida tarmoq sifatida asosan ekologizatsiyalash metodlaridan keng foydalangan holda o'z funksiyasini bajaradi. Ushbu tarmoq obyektlari g'oyat xilma-xil bo'lib, ular tarkibiga quyidagilar kiradi: O'zbekistonning milliy ekologik tizimi tarkibiga kiradigan tabiiy obyektlar-yer, foydali qazilmalar, suv, o'simlik va o'rmon, hayvonat olami; ekologik tizimning ayrim komponentlari (qismlari) - atmosfera havosi, qo'riqxonalar, buyurtmalar; ishlab chiqarish faoliyati va antropogen ta'sirda bo'lgan ekologik tizimlar-qishloq xo'jaligi sohasida, qishloq xo'jaligidan tashqaridagi sohalarda, aholi yashash manzillari, rekreatsiya (dam olish) davolash-sog'lomlashtirish zonalari, Qurolli kuchlar ixtiyoridagi yerlar, ishlab chiqarish va istemol chiqitlarini qayta ishlash va utilizatsiyalashni tartibga solish va boshqalar. O'z navbatida bu xilma-xil obyektlar yirik va murakkab makro ekotizimlar-tekislik cho'l (sahro), sug'oriladigan (antropogen) tekislik, tog'oldi-tog' zonalari tarkibiga kiradi. Shu sababdan tarmoq ekologik ekspertizasi tarkibida cho'l, antropogen tekislik, tog' yo'nalishlari ham ajratilishi kerak. Ko'rsatilgan obyektlardan foydalanishni tarmoq yo'nalishida ekologik ekspertiza o'tkazishda tabiat muhofazasi bo'yicha qonun hujjatlari bilan bir qatorda, tabiat va jamiyatga xos qonuniyatlar ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.84 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.84 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga