Ekologik hamjamoalar. Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. Produtsentlar. Konsumentlar. Redutsentlar

Ekologik hamjamoalar. Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. Produtsentlar. Konsumentlar. Redutsentlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik hamjamoalar. Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. Produtsentlar. Konsumentlar. Redutsentlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ekologik hamjamoalar. Biotsenoz, Ekosistema, Biogeotsenoz. 2. Produtsentlar. 3. Konsumentlar. 4. Redutsentlar Ekologik hamjamoa. Muayyan hududda tarqalgan har xil turlarga mansub populyatsiyalar guruhi ekologik hamjamoa, yani biotsenoz deyiladi. O'simliklar har qanday ekologik jamoalarning asosini tashkil etadi. Masalan, cho'l jamoasi asosan kserofit (qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar) dan, o'tloq jamoasi asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlardan, to'qay-butalar va daraxtlardan, tayga-igna bargli daraxtlardan iborat. Har qanday o'simliklar jamoasi o'ziga xos hayvonlar, mikroorganizmlar, zamburug''lar turlariga ega. O'simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar, zamburug''lar jamoalari bir-biri bilan uzluksiz bog'langan organizmlarning yaxlit sistemasi biotsenoz (grekcha bio-hayot, tsenoz-birgalikda), yani ekologik jamoani hosil qiladi. Ekologik jamoa har xil kattalikda va turli darajada tuzilgan. Masalan, o'tloq dasht jamoasi o'simliklar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar, mikroorganizmlar jamoalaridan tashkil topadi. Jamoalar turlarining xilma-xilligi va tarkibi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ekologik jamoalar o'zaro va atrof muhit bilan moddalar almashinuvi va energiya oqimi orqali chambarchas bog'langan. Jamoa tarkibidagi tirik organizmlar atrof muhitdan oziq moddalar bilan birga energiya va kislorod ham oladi; tashqi muhitga moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi. Ana shunday almashinuv tufayli ekologik jamoa va atrof muhit yaxlit bir butun sistemani hosil qiladi. Bunday sistema ekosistema deb ataladi. Ekosistema ancha keng manoga ega bo'lgan tushuncha. Bu tushuncha bir vaqtning o'zida tabiiy (masalan, tayga, tundra, cho'l) hamda sun'iy (masalan, akvarium, hovuz) komplekslarga tegishlidir. Shuning uchun elementar tabiiy ekosistemani belgilash uchun biogeotsenoz (grekchadan bio-hayot, geo-yer, tsenoz-birgalikda) terminidan foydalaniladi. Biogeotsenoz. Biogeotsenoz yer yuzasi muayyan bir qismi (biotop) ni egalagan tirik organizmlar (biotsenoz) bilan notirik muhitning tarixiy tashkil topgan kompleksidan iborat. Biogeotsenoz chegarasi uning tarkibiga kiradigan o'simliklar jamoasi (fitotsenoz) chegarasi bilan beglilanadi. Har qaysi biogeotsenoz uchun moddalar va energiya almashinuvi o'ziga xos bo'ladi . Shunday qilib, biogeotsenoz tirik va notirik komponentlardan iborat. Uning tirik qismiga o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, notirik komponentiga esa atmosferaning yer ustidagi qatlami, quyosh energiyasi, tuproq va boshqalar kiradi. Biogeotsenoz-tabiiy landshaftning asosiy qismi hamda biosferaning elementar biologik hududiy birligi hisoblanadi. Organizmlarning funksional guruhlari. Biogeotsenozlardagi organizmlarni oziqlanish usuliga binoan produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarga bo'lish mumkin. Produtsentlar, yani organik moddalar hosil qiluvchilar avtotrof (grekcha avto-o'zi, trof-oziq) yashil o'simliklardan iborat. Avtotrof o'simliklar fotosintez jarayonida organik moddalarni sintez qilish orqali quyoshning yorug'lik energiyasini organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantiradi. Avtotroflar har qanday ekologik jamoaning asosini tashkil etadigan birinchi funksional guruh hisoblanadi. Yashil o'simliklar hosil qilgan biologik mahsulot jamoadagi tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan geterotrof (grekcha getero-har xil) organizmlar uchun oziq bo'ladi. Geterotroflar konsumentlar (lotincha konsumo-estemol qilish) va redutsentlar (lotincha reducents-qaytaruvchi, tiklovchi) ga ajratiladi. Konsumentlarni ham birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va hokazo guruhlarga ajratish mumkin. Birlamchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.49 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.49 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga