Ekologik madaniyat va ekologik ong

Ekologik madaniyat va ekologik ong

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik madaniyat va ekologik ong - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Ekologik madaniyat haqida umumiy tushunchalar 2.Islomda ekologiya masalalari 3.Yashil makon haqida Ekologik madaniyat - bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va mas'uliyatli yondashuvdir. Tabiat va inson o'rtasidagi munosabat ma'lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik haloqatga olib keladi. Bu muammo o'zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo'lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi haloqatidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. 1983 yili hayvonlarning 63 turi va 1984 yil o'simliklarning 163 turi «Qizil kitob»ning birinchi nashriga kiritildi. Mana, oradan vaqt o'tib tabiat muhofazasiga munosabat o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 martdagi 190-sonli «Qizil kitobni yuritish to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi. 1998 yil O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ning 1-jildi (O'simliklar qismi) nashr qilindi va bunda o'simliklarning 301 turi (163 tadan 301 taga oshgan) kiritilganligi qayd qilingan bo'lsa, 2006 yildagi yangi nashrida esa «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar turi 305-turni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich oshib bormoqda. Islomda ekologiya masalasi Alloh taolo bu dunyoni cheksiz hikmatlarga to'la holda yaratgan. Atrofimizni o'rab turgan barcha narsalar, go'zal tabiat chin mo'minlar uchun katta ibrat va Allohning qudratiga misoldir. Har kuni umr daftarimizdan yangi bir sahifa ochilgani kabi atrofimizdagi olamning ham surati har kuni yangilanadi va eng qizig'i shundaki bu yangilanishlar aslo bir-birini takrorlamaydi. Kecha va kunduz doim almashib turadi. Biri uzaysa, ikkinchisi qisqaradi. Alloh taolo Qur'oni karimning «Abasa» surasi 24-32-oyatlarida shunday marhamat qiladi: «Endi inson o'zining taomiga (ibrat ko'zi bilan) boqsin! Biz (osmondan) suvni mo'l yog'dirdik. So'ngra Biz unda donlarni undirdik, uzum va ko'katlarni, zaytun va xurmolarni, qalin daraxtzor bog'larni mevayu giyohlarni ham. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir» Demak, barchamiz o'zimiz yashab turgan joylarga, mahalla-kuylarga turli daraxt ko'chatlarni ekib obod qilsak, bundan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat topadi. Hadisi sharifda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, o'sha daraxtni ekkan kishining nomai a'moliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida o'tirsa ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qo'yiladi. Mana shu o'rinda quyidagi rivoyatni aytib o'tishlik o'rinli bo'ladi. Bir podshox o'z vaziri bilan sayrga chiqib bir qishloqdan o'tib borar ekan, bog'ida ishlayotgan qari cholni ko'rdi. Chol qarib qolganiga qaramay mehnat qilib daraxt ko'chatlarini ekayotgan ekan. Cholning bunday mehnat qilishi podshoxga juda yoqdi. Podshoh vaziriga shu chol bilan biroz suhbatlashaylik, deya cholning oldiga keldi. Podshoh: «Xormang ota, nima qilayapsiz? Yerga nima ekayapsiz?», dedi. Chol: «Salomat bo'ling shohim. Mevali daraxt ekayapman», dedi. Podshoh: «Otaxon, bularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 925.71 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 925.71 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga