Ekologik monitoring va uni qo'llash

Ekologik monitoring va uni qo'llash

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik monitoring va uni qo'llash - rasmi

Material tavsifi

KURS IShI Mavzu: Ekologik monitoring va uni qo'llash RYeJA: Monitoring deb, malum vaqt oraligida, qandaydir parametirni o'zgarishini ko'p marotaba o'lchab kuzatishga aytiladi. Monitoring - bu obyektni holatini va o'zgarishini uzoq, muddatli kuzatishlar, baholashlar, nazorat va bashorat qilish tizimidir. Atrof muhit monitoringi deb, berilgan dastur asosida, tabiy muhitni, tabiy resurslarni, usimik va hayvonot dun¸sini, tabiy va astrologik faoliyat ta'sirida vujudga kelgan holatlarni aniqlash imkonini beruvchi, bir maromdagi kuzatishlarni bajarishga aytiladi. Ekologik monitoring deganda, inson va biologik obyektlarni yashash muhitining ekologik holatini doimiy baholashni taminlovchi, ekotizimlarni holatini va bir butunligin baholashni, hamda talabdagi ekologik shartlar bajarilmagan bulsa, ularni o'zgartirish zaruratini aniklab beruvchi atrof tabiy muhiti tashkil etilgan monitoringi tushuniladi. Kirish Ekologik monitoring tabiiy atrof-muhitni kompleks kuzatish olib borishdan iborat bo'lib, ulardagi antropogen ta'sirlarni o'zgarishlari uzoq vaqt davomida kuzatiladi. Natijada ekologik ahvol baholanib, zararli va havfli bo'lgan moddalarning tirik organizmlarga, hamjamoalarga va boshqa organizmlarga ta'siri haqida xulosa chiqariladi. Ekologik monitoring global, mintaqaviy va mahalliy darajada olib boriladi. Shuningdek, obyektga va metodlardan foydalanishga nisbatan ham monitoring turlari ajratiladi. Maktab yoki kasb-hunar kollejlari sharoitlarda olib boriladigan mo-nitoring mahalliy xa-rakterga ega bo'lib, hozirgi vaqtda o'quv yurtlarining imkoniyat-laridan (moddiy bazasidan) kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish mumkin. Ekologik ilmiy tadqiqot olib borishning oddiy usullaridan ham foydalanish mumkin, bunda maxsus jihozlar va reaktivlarsiz ekologik muhit yoki obyektlarni kuzatish mumkin. Ular oddiy fizik-kimyoviy, biologik metodlardan iborat. Ana shunday metodlardan foydalanganda ko'pchilik o'quvchi va talaba yoshlarni o'z yashash joylarini tadqiq qilishga jalb qilish mumkin bo'ladi. Ushbu metodlardan foydalanish o'quvchining global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar bo'yicha bilimlarni kengaytirishiga, shuningdek, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'yicha umumnazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishiga yordam beradi. O'quv yurtlarida puxta tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilarning ishtirok etishi ekologik monitoringning ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etilishi va uning natijalarini amalga tadbiq etishga imkon beradi Ekologik monitoringni tarkibida tadqiqot ishlarining bir ko'rinishi amaliy xarakterdagi tajribalar olib borish hisoblanadi. Tajribalar orttirilgan individual, topshiriqlar asosida olib boriladi. Bunda o'quvchilar turar joyidagi yoki mintaqaviy muammolar bilan bog'liq mavzular bo'yicha ishlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan, o'z o'lkasining tabiiy resurslarini tasvirlash, o'simlik va hayvonlarning turlar tarkibi, tabiat yodgorliklarining kadastrini tuzish, noyob o'simlik va hayvonlar turlarini o'rganish, tuproq tiplarini, landshaftlarni o'zgartirish va hokazo. O'quvchilar olib boradigan tadqiqot ishlarini, ularda ishni tashkil etish, tajriba qo'yish, o'rganilayotgan obyekt va hodisalar bo'yicha modellashtirish va bashorat qilish kabilarni egallaydi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish davomida kuzatish bilan cheklanmay, balki tajribalr qo'yish orqali muammoning mohiyatini tushunib etish mumkin. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish, avvalgi tadqiqotlar bilan taqqoslash, nihoyat qo'yilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.79 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.79 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga