Ekologik muammoni bartaraf etish yo'llari

Ekologik muammoni bartaraf etish yo'llari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik muammoni bartaraf etish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Ekologik muammoni bartaraf etish yllari XXI asrda tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishning muhim omili ekologik muammoni har to-monlama bilish bilan bog'liq bo'ladi. Biroq buning uchun eng avvalo XX asr intihosida «tabiat-jamiyat» tizimidagi munosabatlar tubdan o'zgarganini anglab yetishimiz zarur. tmishda jamiyat va insonning tabiatga ta'siri lokal xarak-terga ega bo'lgan bo'lsa, ushbu ta'sir XX asr 90-yillariga kelib global xarakter kasb etdi. Gap shundaki, XX asrning oxirgi o'n yilligiga kelib, mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi ijti-moiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-madaniy munosabatlar nihoyatda tezlashib ketdi. Fan va texnika taraqqiyoti nati-jasida hosil bo'lgan vositalar insonlararo o'zaro munosabat-lar sifati va chastotasini mutlaqo o'zgartirib yubordi. Buning pirovard natijasi o'laroq umumsayyoraviy sivilizatsiya shakl-lana boradiki, ushbu tendeniyaning asosini hozirgi zamon ki-shilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, ma-daniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi. Zero, aynan ana shu aloqalar umumsayyoraviy sivilizatsiyaga sistemaviylik va yaxlitlik ato qildi. SHu sababdan ham har qanday umumbashariy xarakterga ega bo'lgan muammoni, jumladan energetik muammoni bartaraf et-moqchi ekanmiz, masalaga umumashariy sivilizatsiya nuqtai-na-zaridan yondashmog'imiz zarur. Alqissa, ekologik muammo umum-bashar ahamiyatiga molik muammo ekan, uni faqat umumbashariy sivilizatsiya ato etgan imkoniyatlar yordamida, umumsayyoraviy jamiyatni shakllantirish yordamidagina bartaraf qilish mumkin. Ekologik muammoning bartaraf qilinishi fan va texnika taraqqiyoti sharofati bilan yuzaga kelgan universalizatsiya, ma-tematizatsiya, informatizatsiya tendentsiyalariga borib taqaladi. Zero, aynan ana shu tendentsiyalar an'anaviy ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish uchun shart-sharoit yaratmoqda. Atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini ka-maytirish uchun texnika vositalarini universallashtirish zarur. Ma'lumki, hozirgi zamon tabiatshu-nosligida bilimlar differentsiyasi bilan integratsiyasi orasidagi o'zaro aloqadorlikka alohida e'tibor beriladi. Shozirgi zamon texni-kasida ham qariyb shunga o'xshash jarayonlar sodir bo'lmoqda. Mashinalar ixtisoslashuvining rivojlanishi turli ko'ri-nishdagi, turli vazifalarni bajarishga moslashtirilgan vositalar miqdorining oshi-shiga olib keldi. Ushbu jarayon mehnatni ijtimoiy taqsimlashning texnik analogi bo'ldi. Texnika vositalarining universallashtirilishi jamiyat va tabiat orasidagi ziddiyatning oldini olish uchun shart-sharoit yaratadi. Ushbu tendentsiya intihosida turli ko'rinishdagi va turdagi mashinalar o'rnini bir necha vazifani bajaradigan, turli agregatlarni o'zida mujassamlashtirgan universal tex-nika vositalari egallaydi. Oqibatda texnika vositalari miq-dori kamaya, atrof-muhit ifloslanishi me'yeri esa pasaya bora-di. XXI asrda texnikani universallashtirish tendentsiyasi shu paytga qadar mavjud bo'lmagan xususiyatlarni ham qamrab olmog'i lozim. Xususan, texnika vositalarini universallash-tirish jarayonida nafaqat alohida agregatlar yaxlit sistema-larga birlashib boradilar, balki mashinalarni avtomatik boshqarish va muvofiqlashtirish ham konstruktsiyaning o'zidayoq nazarda tutilgan bo'ladi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, o'tgan asrlardagi konstruktsiyalarda alohida agregalarni yagona bir sistemaga birlashtirish nazarda tutilgan, ularni boshqarish masalalari esa keyin hal qilingan bo'lsa, XXI asrda ushbu har ikkala masala mashinani konstruktsiyalash paytida ko'rib chi-qiladi. Buning natijasida, birinchidan, mashinani yaratishda ketadigan material tejaladi, ikkinchidan esa, shu mashinaning atrof-muhitni ifloslantirishi me'erini aniqlash imkoni tug'iladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.98 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.98 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga