Reja: Muammoning asosiy yo'nalishlari va vazifasi. Ijtimoiy ekologiya masalalari. Ekologik axloq va madaniyat Ekologik ongni shakkllantirish muammolari. «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir» degan edi yurtboshimiz. So'nggi yillarda ijtimoiy fanlar tarixida umumiy ekologiyaning yangi yo'nalishi - ijtimoiy ekologiya fan sifatida shakllana boshladi. Uning paydo bo'lishiga nima sabab bo'ldi? Eng avvalo, uning paydo bo'lishi inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabat holati bilan asoslanadi. Insonning tabiat bilan o'zaro munosabatida ona sayyoraning mavjudligiga va butun inson zotiga taxlika soluvchi tashvishli xavf-xatar alomatlari yanada yaqqolroq sezilmokda. Bu yerda hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi salbiy yo'nalishlari (atrof muhit ifloslanishning ortib borishi, tabiiy resurslarning tugab qolish xavfi) va insoniyat oldida o'tmishda ham, bugun ham ko'ndalang turgan muommolar (oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, demografik o'zgarishlar va boshqalar) nazarda tutilmoqda. Ijtimoiy ekologiya tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlarning eng muhim g'oyalarni umumiylashtirib, o'zida mujassamlashtirgan fandir. Ijtimoiy ekologiya bioekologiya tarida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy ekologiya tushunchalarining katta qismi o'simlik va hayvonlar ekologiyasidan olingan. Ijtimoiy ekologiya inson va tabiatning o'zaro munosabatini o'rganadi. Ijtimoiy ekologiyaning ildizlari qadim qadim zamonlarga borib taqaladi. Masalan: tabiatni asrash, hayvonlarni o'ldirmaslik, ekinlarni payxon qilmaslik, suvni tejash va boshqalar haqida «Avesto» kitobida yozilgan. Xatto suvni isrof kilganlarni qattiq jazolash borasida so'z yuritilgan. Demak, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi bilan ta'minlash azaldan muhim masalalardan biri bo'lib kelgan. Ijtimoiy ekologiya inson, jamiyat va tabiatning o'zaro munosabatlari qonuniyatlarini tadqiq etadi. Ijtimoiy ekologiyaning mikrotizimlashi alohida fanlar yutuqlarini uyg'unlashtiruvchi 3 yo'nalish, yani ishlab chiqarish ekologiyasi (tabiatdan foydalanish tarixi va nazariyasi to'g'risidagi ta'limot), inson ekologiyasi va global ekologiyasini o'z ichiga oladi Inson tabiatsiz biror daqiqa yashay olmaydi. Demak, tabiat insonning joni va Tani, insonning ruhiy va jismoniy hayoti u bilan bog'liq. Bu tabiatning o'z o'zi bilan uzviy bog'liqligini bildiradi. Zero inson tabiatning bir bo'lagidir. Agar har qanday g'alaba tabiatning muvozanatini buzish bilan bog'liq bo'lsa, tabiat buning uchun insonlardan, albatta qasos oladi. (masalan, Orol fojeasi). Bu qasos tufayli ko'rilgan zarar qiymati esa olingan foydadan juda ortib ketishi tabiiy. Insonning yashash sharoiti, taqdir qismati tabiatga bog'lik ekan inson undan tashqarida emas, balki uning bag'rida yashar ekan, u hech qachon tabiat ustidan g'alaba qila olmaydi. Inson butun jonu tani, qalbi shuuri bilan tabiatga tegishlidir. Insonning g'alabasi shundan iboratki, boshqa jonzotlardan farqli o'laroq unga aql-idrok berilgan. U tabiat qonunlarini bilishga va ularni amaliy ehtiyojlari uchun to'g'ri qulay bilishga qodirdir. Inson tafakkurining o'zgarishi tabiat o'zgarishiga va aksincha tabiatning o'zgarishi inson tafakkuri o'zgarishi sabab bo'ladi. EKOLOGIK axloq VA MADANIYaT Bugungi kunda ekologik tanazzulning sabablari nima? ehtimol, bu sabablar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.21 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.21 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc