Ekologik nazoratning huquqiy holati

Ekologik nazoratning huquqiy holati

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik nazoratning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Ekologik nazoratning huquqiy holati Reja: Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari Ekologiya nazoratining tizimi. Ekologiya ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. Ekologik ekspertizasi tizimi Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari Ekologiya nazorati - davlatning ajralmas funksiyalaridan biri bo'lib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan odilona foydalanish, aholini ekologik sog'lomlashtirish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq tartib qoidalarni bajarilishini tekshirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni kuzatish ishlarini olib boradi. U davlatning asosiy funksiyasidir. Davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda yubir qancha tashkiliy huquqiy usullar qo'llaniladi: Tabiatga etkaziladigan va etkazilayotgan taosirlar haqida maolumotlar yigish va umumlashtirish Antropogen faoliyat ishlarini baholash Atrof tabiiy muhitga etkazilayotgan zararli taosirlar oldini olish Yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish Ekologik qoida va talablarga rioya kilmaganligi uchun jazo choralari qo'llash (ogohlantirish, cheklash, to'xtatish). Ekologiya nazoratining tizimi. Ekologiya nazorati tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunning 28-moddasiga asosan quyidagi tizimdan iborat: - Davlat atrof tabiiy muhitini kuzatish xizmati - Ekologiya sohasidagi idoraviy nazorati - Ekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazorati - Ekologiya sohasidagi jamoat nazorati Davlat ekologik muhitini kuzatish u atrof tabiiy muhitda sodir bo'layotgan fizikaviy, ximiyaviy, biologik o'zgarishlarni, tabiiy resurslarni ifloslanish darajasini aniqlash, ularni baholash va maolumot berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu faoliyatni Vazirlar Mahkamasi koshidagi Gidrometerologiya markazi amalga oshiradi. Ekologiya nazoratining davlat nazoratini maxsus organlari amalga oshiradi, maxsus organlar jumlasiga quyidagilar kiradi (31-modda) - Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi; - Sog'liqni saqlash vazirligi; Sanoat konchilik nazorati agentligi; Yer resurslari davlat qo'mitasi; - Ichki ishlar vazirligi. Ekologiya ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. Ekologik ekspertiza davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarining hamda maxsus vakolatli davlat organlarining tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologiya ekspertizasi esa ekologiya tex nazoratining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, ekologik xavfsizliklarni va zararli ishlab chiqarish faoliyatlarni oldini olish, cheklash ularni qayta sodir kilmasliklari harakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq faoliyatlarini amalga oshiradi. Ekologiya ekspertizasini amalga oshirishdan maqsad - xo'jalik va ishlab chiqarish faoliyatining atrof tabiiy muhit holati va inson salomatligiga taosirini oldini olishdan iboratdir. Vazifasi esa muayyan xo'jalik va ishlab chiqarish obyektini tabiatga va aholining sogligiga taosir etish darajasini aniqlash va ularni bartaraf etishdan iboratdir. Ekologiya ekspertizasi o'zining oldiga maqsad va vazifalarni maolumot va axborotlar yigish va umumlashtirish, baholash va shular asosida xulosa berishdan iboratdir. Ekologiya ekspertizasining obyektlari bir qanchadir. Ulardan atrof tabiiy muhit holati va tabiatdan etkaziladigan turli taosirlarni aniqlash asosiylardan hisoblanadi. Ekologiya qonunchiligidagi turli qoida va talablar qo'llaniladi. Ekologiya ekspertizasi shularni kay holatda ekanligini aniklaydi, ularni muvofiklashtiradi, baholaydi va xulosa beradi. Ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonunning 4-moddasiga ko'ra, ekspertizaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga