Ekologik omillar va ularni organizmlarga ta'siri

Ekologik omillar va ularni organizmlarga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik omillar va ularni organizmlarga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologik omillarning organizmlarga ta'siri. Abiotik omillar. Biotik omillar. Antropogen omillar. Tayanch iboralar: ekologik omil, abiotik, biotik, antropogen, ekologik spektr, evriterm, stenoterm, mahalliy omil. Yerda hayot paydo bo'lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o'zgarishlar ta'siriga duch keladi. Bizning ona sayyoramizda mavjud bo'lgan hayvonlar, o'simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonining serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir kursatuvchi xar qanday tashqi omillar ekologik omillar deyiladi. o'z tabiatiga ko'ra, shuningdek, tirik organizmlarga kursatadigan ta'siri bo'yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular abiotik, biotik va antropogen omillardir. 1.Abiotik omillar - (yunoncha «a»-inkor, «bios»-hayot) bu notirik tabiat omillaridir. iqlimiy omillar: quyosh nuri, harorat, havo namligi. mahalliy omillar: relef, tuproq xossalari, shurlik, oqim, shamol, radiatsiya va boshqalardir. Bu omillar organizmga bevosita ta'sir qiladi. Abiotik omillardan eng muhimi iqlim hisoblanadi. iqlim kator omillardan yuzaga keladi. yorug'lik. iqlim, eng avvalo , quyosh nuriga bog'liq. quyosh nuri o'simliklarning fiziologik funksiyasi, tuzilishi, o'sish va rivojlanish tezligiga turli darajada ta'sir kursatadi. Eng muhimi, yorug'lik tufayli o'simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo'ladi. yorug'lik hayvonlar va inson uchun xam muhim omil hisoblanadi. Chunki u faollik darajasini belgilab beradi. harorat - hayotiy jarayonlarni cheklovchi muhim omillardan biri. Organizmda barcha hayotiy jarayonlar tananing malum haroratida, asosan +10+400S oraligida kechadi. Fakat ayrim organizmlargina juda yuqori haroratli hayotga moslasha olgan. Umuman, Yer kurasida organizmlarning kupayishi, tarqalishi va boshqa hayotiy jarayonlarni belgilashda harorat asosiy omillardan biridir. Namlik. Yerda barcha organizmlar mavjud bo'lishining zaruriy sharti suvning borligidir. Suv balansini ta'minlash organizmning asosiy fiziologik funksiyasi hisoblanadi. Ekologik nuqtai nazardan karaganda, suv boshqa omillarga nisbatan kuprok cheklovchi omil hisoblanadi. Bu kuruklikda yashovchi orgavnizmlar uchun xam, suv jonzotlari uchun bir xil amal qiladi. Masalan, suvning shurlanish darajasi yuqori bulsa, undagi organizmlar xalok bo'ladi. Yer yuzida namlik bir xil taksimlanmagan. Kuruklikdagi kuplab o'simlik va hayvonlar namsevar hisoblanadi. Suvning yetishmasligi kupincha organizmlar tarqalishini cheklovchi sabab hisoblanadi. Suvning mavjudligi asosan o'simlik uchun ekologik omillardan biridir. Ekologik omillar o'simliklarning o'sishi va rivojlanishini belgilaydi. tuproq. Yerning govak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. tuproq kuplab mikroorganizm va hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, shuningdek, unda o'simliklarning ildizlari zamburug'larnin giflari otadi. tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, namlik, ozik moddalarning mavjudligi birinchi darajali omillar hisoblanadi. havo. Atmosferadagi gazlar aralashmasi havo qatlamini tashkil etgan. havo qatlamining balandligiga karab, uning tarkibi va zichligi uzgarib boradi. havo, hayvon va organizmlar uchun nafaqat yashash muhiti, balki ekologik omil sifatida xam ahamiyatlidir. havo - atmosferani tashkil etgan muhitning muhim omili ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.22 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.22 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga