Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganish

Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganish

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganish KIRISH 1. Ekologik omillar. 2. Ekologiyada faktorial nazariya. 3. Ekologik omillarning o'zaro ta'sir nazariyasi. 4. Ekologik turg'unlik masalalari. 5. Rivojlanishning turg'unlik konsepsiyasi. Xulosalar. MAVZUNING DOLZARBLIGI Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganishmavzusiga bag'ishlangan bo'lib ekologik omilga xam shunday kuch sifatida qarashga asoslangan,ya'ni ana shunday kuchlarni o'zaro ta'siri atrof muhitda va ekologik sistemalarda har xil o'zgarishlarga asos bo'la oladi. ISHNING MAQSADI VA VAZIFASI: Ekologik omillarning biofizik nuqtai nazardan o'rganishga bag'ishlangan bo'lib,uni dolzarb va amaliy zarurligi bugungi kun ekologik holatidan kelib chiqadi. Ekologik omillar klassifikatsiyasi Ekologik omillarni ko'pincha quyidagi ko'rinishdagi klassifikatsiyasi adabiyotlarda ko'p uchraydi: - kelib chiqishi bo'yicha (kosmik, abiotik, biotik, tabiiy-antropogen, antropogen); - muhitdan kelib chiqqan holda (atmosferali, suvli, geomorfologik, fiziologik, populyatsion, ekosistemali, biosferali); - ta'sir darajasiga ko'ra (letal, ekstremal, cheklovchi, mutagen, konserogen va boshqalar); - vaqtga ko'ra (evolyutsion, tarixiy, ta'sir qiluvchi); - ta'sir xarakteriga ko'ra (geofizik, geografik, biogen, biotik, evolyutsion). Ekologik omillar qanday tabiatga ega bo'lishidan qat'iy nazar ularning ta'sirini ekologik taqqoslash mumkin, chunki ular hamma vaqt organizmlarning yashovchanligi orqali ifodalanib populyatsiya sonini o'zgartiradi. Populyatsiya sonlarining sathlari spektri haddan tashqari xilma-xilligi ularni analiz qilishni qiyinlashtirilishi sababli,biz ularni shartli ravishda shunday sathlarga bo'lamizki,ularning tahlili populyatsiya soni dinamikasini to'la akslantirishi mumkin bo'lsin. Bunday fikrdan kelib chiqib, populyatsiya sonlari spektrini uch sathga bo'lamiz: 1. quyi mumkin bo'lgan sath; 2. o'rta sath; 3. yuqori mumkin bo'lgan sath. Yuqorida bayon qilingan gipotezalar asosida populyatsiya sonlari dinamikasining nazariy grafikaviy modelini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. EKOLOGIYADA TURG'UNLIK MASALALARI. Turg'unlik tushunchasi ustida gap ketganda, albatta u yoki bu ko'rinishdagi fizik, kimyoviy yoki biologik obyektni ma'lum muddat vaqtida o'zining bir butunlik holatini o'zgartirmasdan saqlab qolish xususiyatini tushunamiz. Ekologik turg'unlik tushunchasi ustida gap yuritganda, oddiy obyekt turg'unlik tushunchasidan farqli o'laroq, biologik obyektlarning o'zaro ta'sirlarini uzoq muddatli vaqtda saqlab qolish xususiyatini tushunamiz. Ko'rinishidan oddiy obyekt turg'unlik tushunchasi ekologik turg'unlik tushunchasidan farqqiladiganga o'xshaydi, ammo chuqurroq fikr yuritganimizda shu narsa ayon bo'ladiki, har ikkala tushuncha ham qandaydir komponentlarning o'zaro ta'sir qonunlarini ma'lum bir vaqt intervallaridagi o'zgarmasligi tushuniladi. Demak, turg'unlik ma'lum bir qonuniyatning vaqt davomida o'zgarmasligi ekan. Turg'unlik deganda-tashqi ta'sirga nisbatan o'zining muvozanatini o'zgartirmasligi (ma'lum bir oraliq nazarda tutiladi) tushuniladi. Bu masalaga doir juda ko'p har xil aytilgan fikrlarni tahlilqilib turli biologik sistemalarga nisbatan qo'yiladigan talablar guruhini ajratish mumkin. Bunday talablarni «turg'unlik» so'zi bilan umumlashtirish mumkin. Birinchisi, butun bir geografik region yoki landshaftni vaqt bo'yicha ma'lum o'zgarmaslik talabi. Region o'ziga ko'p sonli har xil biogeotsenozlarni qamrab olishi mumkin, regionning umumiy ekosistemasi esahar xil bir-biri bilan yetarli sust bog'liqli ekosistemalardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 960.15 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 960.15 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga