Ekologik omillarning organizmlarga ta'sir qilish qonunlari

Ekologik omillarning organizmlarga ta'sir qilish qonunlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik omillarning organizmlarga ta'sir qilish qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologik omillar tushunchasi Muhit tushunchasi Ekologik omillar klassifikatsiyasi Shu kunda dunyoning hamma regionlarida ekologik tanglik yuzaga kelgan tabiiy holat buzilgan, ya'ni Sibirda Baykal ko'lining ifloslanishi, AQSHning Nevada, Qozog'stonning Semipalatinsk dashtlarida, Sharqiy Xitoyning Lubnur ko'lida atrofida atom va vadarod bombalarining sinovidan keyingi radiatsiyaning ta'siri O'rta Osiyoda Orol fojiasi, Kasbiy dengizi sathining pasayishi yoki ko'tarilishi, Ukraina va Belarusiya yerlarida Chernobel AESining portlashidan qolgan radiatsiyalarning salbiy natijalari, Shvetsariyaning ko'llarida kislotali yomg'ir yog'shidan tiriklikni nobud bo'lishi, Fors ko'rfazida dengiz suviga neftni oqizib yuborilishi, raketa va bombalar portlashidan tabiiy holatning buzilishi kabi salbiy harakatlar tabiat holatini yomonlashtirib yubormoqda Ekologik omillar tushunchasi. Har bir organizim o'zi yashab turgan muhitda bir vaqitning o'zida har xil iqlim tuproq va biotik omillar ta'siriga uchraydi. Tirik organizimlarning individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan -to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlari ekologik omillar deyiladi. Bunday ta'rifdan ayrim muhit omillari istisnodir, ya'ni, dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz, ko'llarning chuqurligi. Balandlikning organizimga ta'siri, harorat quyosh radiatsiyasi, atmosferani bosimi orqali bo'lsa, suv chuqurligining organizimga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi orqali yuzaga keladi. Ekologik omillar tirik organizimga turlicha ta'sir o'tkazadi, ya'ni: 1. Ayrim turlarni ma'lum hududlardan siqib chiqaradi va ularni geografik jihatdan tarqalishini o'zgarishiga olib keladi. 2. Har xil turlarning rivojlanishiga to'g'ridan- to'g'ri ta'sir qilib, ularning ko'payishi va o'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyda migratsiya qilib populyatsiya va biotsinozlar qalinligiga ta'sir qiladi. 3. Organizimlarda moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki va tashqi o'zgarishlarni sochilib, gruppa bo'lib tarqalishi, qishgi va yozgi tinchlik davri, fotoperiod reaksiya va boshqalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Muhit tushunchasi - ekologik tushuncha, u majmua, ta'biiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo'lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit organizmlarni o'rab turgan hamma tabiiy ekologik omillardir. Muhit elementlari organizmlarni holati, o'sishi, rivojlanishi, ko'payishi, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta'sir qiladi. Har bir organizmni muhiti juda ham ko'p organik va neorganik tabiiy elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan su'niy elementlardan tashkil topgan. Muhitni ikkiga bo'lish mumkin: 1). Abiotik muhit- tabiatning hamma kuchi va undagi voqeliklar joyi. Ular o'zlarining kelib chiqishi bilan tirik organizmlar faoliyatiga bog'liq emas. 2). Biotik muhit- tabiatning har xil kuchlari, harakatlari va undagi voqeliklar o'zlarinig kelib chiqishi bilan hozir yashayotgan tirik organizmlarning hayot-faoliyatiga bog'liq. Ekologik omillar klassifikatsiyasi. Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1. abiotik 2. biotik 3. antropogen omillar guruhi. 1. Abiotik omillar- organizmlarga ta'sir qiladigan neorganik muhitning majmua omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho'rligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.69 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.69 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga