Ekalogik piramidalar va ekotizmlarning o'zgarish su'rati Reja: 1. Ekologik tizim tushunchasi. 2. Ekotizimda modda va energiya oqimi. 3. Ekotizimlarning mahsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari. 4. Ekologiyaning matematik modeli. 5. Ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi. Ekologik tizim tushunchasi Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O'simliklar ozuqlanish jarayonida o'lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo'lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o'zlari uchun o'zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o'txo'r va etxo'r organizmlar misol bo'ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo'shimcha kislorod va suv ham oladi. Ekotizimda modda va energiya oqimi Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o'ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organik birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o'tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog'och, toshko'mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug'lik o'sha quyoshdan olinib, to'planib qolgan energiyadir. 1-zveno - produtsentlar bo'lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o'simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi. Organizmlarning ozuqalanishiga ko'ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o'rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo'lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi: 2-zveno - konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi. 3-zveno - redutsentlar ya'ni o'zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug''lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: ppt