Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik Reja: 1. Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikni tushunchasi, mohiyati va turlari. 2. Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun intizomiy va moddiy javobgarlik 3. Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik 4. Ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikni tushunchasi, mohiyati va turlari Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni ta'minlash choralari tizimida qonun hujjatlariga rioya qilmaganliq ekologik talablarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralari muhim o'rinni egallaydi. Yuridik javobgarlik deganda, huquq normalarini buzganlik uchun jazo choralarini qo'llash oqibatida huquqbuzarga salbiy oqibatlar tug'dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish tushuniladi. Yuridik javobgarlik ijtimoiy javobgarlikning bir turi bo'lib, huquqiy normalarda belgilanadi va davlatning majburlash kuchini qo'llash imkoniyatlari bilan hamisha bog'liq bo'ladi. Yuridik javobgarlik huquqbuzarlik sodir etilganda va uning salbiy oqibati kelib chiqqanda vujudga keladi. Yuridik javobgarlik davlatning majburlov xarakteridagi choralarini huquqqa hilof harakat (yoki harakatsizlik) sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llanilishi bilan bog'liq va u huquqbuzarlikka qarshi kurashning muhim huquqiy vositasidir. Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik o'zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, ammo malum bir o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ushbu xususiyatlar o'simlik va hayvonot dunyosiga etkazilgan zararni taksa uslubi asosida undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari, yani tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to'xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo'llashdan iboratdir. Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: tabiiy obyektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo'llash; atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga etkazilgan zararni qoplash; yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etishni ogohlantirish. Hozirgi davrda ko'pchilik olimlar tomonidan ekologik huquqiy javobgarlik termini qo'llaniladi. Ushbu terminni qo'llanilishi huquqning kompleks tarmog'i bo'lmish ekologik huquq konsepsiyasi, o'ziga mustaqil va yaqin tarmoqlar, yani yer, tog', suv, o'rmon huquqi hamda tabiatni huquqiy muhofaza qilish bilan chambarchas bog'liq. Ekologik javobgarlik bo'yicha ijtimoiy munosabatlar ekologik huquqbuzarlik sodir etilganda vujudga keladi. Ekologik huquqbuzarlik deganda tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi aybli, noqonuniy harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ekologik huquqbuzarlik sodir etilganda atrof tabiiy muhitga hamda u orqali inson salomatligiga zarar etkaziladi yoki zarar yetkazish xavfi tug'iladi. Ammo, malum bir holatlarda zarar ekologik huquqbuzarlikni belgilashda hisobga olinmasligi mumkin, chunki tabiiy resurslardan foydalanish huquqini buzish oqibatida ekologik munosabatlarning boshqa bir subyektlarini huquq va manfaatlari buzilishi mumkin. Masalan, hech kim tomonidan foydalanilmayotgan yer maydonini o'zboshimchilik bilan egallab olishda davlatning yerga bo'lgan mulk huquqi buziladi. Ekologik huquqbuzarliklar obyekti tabiiy resurslar, atrof tabiiy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.02 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.02 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: doc