Ekologik ta'lim - tarbiya biosferani saqlab qolishning muhim omili

Ekologik ta'lim - tarbiya biosferani saqlab qolishning muhim omili

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ta'lim - tarbiya biosferani saqlab qolishning muhim omili - rasmi

Material tavsifi

Ekologik ta'lim-tarbiya biosferani saqlab qolishning muhim omili Mundarija Kirish Asosiy qism Ekologik ta'lim - tarbiya haqida umumiy tushuncha. MTM va maktabda ekologik dunyoqarashni shakllantarish. Ekologik tarbiyada oila va mahallaning tutgan o'rni. Biosfera buzulishining kelajak avlodga ta'siri. Yoshlarni Ekokun shiori ostida birlashtirish biosferani saqlashning muhim poydevori. Xulosalar. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Yer sayyorasida vujudga kelgan ekologik xavfning insoniyat uchun salbiy ta'sirini baholar ekan, quyidagilarni alohida qayd etadi: XXI asr bo'sag'asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jug'rofiy-siyosiy tuzilishi o'zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib qolmoqda. Tabiat, atrof-muhitda ro'y berayotgan xavfli ekologik o'zgarishlar tabiiy qonuniyatlarga muvofiq ro'y bersa-da, biroq ko'p jihatdan inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan antropogen omillar ta'sirining natijasi sifatida namoyon bo'lmoqda. Ekologik muammolarning yuzaga kelishiga sabab - insonlarning tobora oshib borayotgan ehtiyojlari, ularning tabiat va atrof-muhitga nisbatan iste'molchi sifatida munosabatda bo'lishlari, yetarli darajada ilmiy va amaliy ekologik bilimlarga ega emasliklari hamda umumiy ekologik madaniyatining pastligi bilan izohlanadi. Ekologik muammolar keskinlashgan sharoitda inson hamda tabiat o'rtasidagi munosabatning yangicha mazmun kasb etishiga erishish, o'quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ekologik mas'ullikni qaror toptirish va ekologik madaniyatni shakllantirish o'ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Mazkur muammoni bartaraf etish Yer sayyorasidagi hayotning barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, insoniyat oldiga umumbashariy ahamiyatga molik bo'lgan ekologik xavfni bartaraf etish vazifasi qo'yilmoqda. Mazkur muammoning ijobiy hal etilishi, eng avvalo, har bir fuqaroda tabiatga, atrof-muhitga nisbatan ongli, mas'uliyatli munosabat va ekologik madaniyatning shakllanganlik darajasiga bog'liq. Ekologik ta'lim - tarbiya haqida umumiy tushuncha. MTM va maktabda ekologik dunyoqarashni shakllantarish. O'zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan chiqarilgan ko'p qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni kengaytirish va takomillashtirish hamda bu soha bo'yicha mutaxassislarni fan-texnika taraqqiyoti talabiga javob beradigan darajada tayyorlash ko'zda tutiladi. Bu muammolarning hal bo'lish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarishda koinotning bir qismi bo'lmish ona tabiatimizni saqlash, uning tabiiy boyliklaridan rejali va tejamkorlik bilan foydalanish, tirik jonzotlar; shu jumladan, inson uchun toza havo, suv va tuproq, o'simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlashda kerak. Mamlakatimizda fan-texnika, ishlab chiqarishda moddiy va ma'naviy kuchlarning rivojlanishi uchun ma'lumotli ekolog tarbiyachilar, ekologpedagoglar, ekolog-texnologlar, ekolog-injener, ekolog-instruktorlarning bo'lishi hozirgi zamon talabi bo'lib qoldi. Xalq xo'jaligining turli sohalari o'yicha ma'lumotli, tajribali ekologagroximik, ekolog-entomolog, ekolog-agrobiologlar kerak bo'lib, ular ish jarayonida kelib chiqadigan har xil muammolarni yechish borasida ekologik chora-tadbirlarni qo'llab, atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiya oila, bog'chalar, maktablar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga