Ekologik ta'lim va tarbiya EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYA Reja: l.Ekologik bilimlarni rivojlanitirish zaruriyati. 2.Atrof muhit holatini o'rganish, tushuntirish va baholash muammolari. 3.Ekologik bashorat va ekologik ekspertiza tushunchalari. 4.O'zbekistonda ekologik ta'lim, tarbiya va uni rivojlantirish masalalari. XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod mahalliy va ma'naviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murrakab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta'limiy madaniy va axboriy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini to'g'ri baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosit bog'liqdir. Yurtboshimiz inson ma'naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo'lish, go'zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta'kidlaydi: «Tabiatga yaqinlik, jonajon o'lkaning benihoya go'zalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ekologik ta'lim tarbiya BMT, YUNESKO va YUNEP ning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta'laim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o'tqazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo'lishi va o'z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo'shishi lozimdir. XXI asr-ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Xar bir inson ona sayyoramiz tabiatni ziyon yetkazmasdan o'zgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir. Afsuski, bizga sobiq sho'rolar davlatidan og'ir ekologik muammolar ham meros bo'lib qolgan. Ulardan eng kattasi, bilasizki, Orol dengizi, qurishi hilan bog'liq. O'zbekiston bu masalaning ijobiy yechimini topish, muammoni yanada chuqurlashishining oldini olish, Orolbo'yi hududida yashovchi aholini har jihatdan muhofaza qilish borasida ko'plab chora-tadbirlarni ko'rmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu murakkab masalaga dunyo ham-jamiyali e'tiborini jalb etayotgani ham, Orol muammosi bir-ikki davlatning emas, butun Yer yuzi-ning muammosiga aylanganini ko'rsatadi. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 20-sentabrida Birlashgan Millatlar tashkiloli Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag'ishlangan yalpi majlisida so'zlagan nutqidagi quyidagi o'rinlar muhim ahamiyati kasb etadi: «Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas'uliyatsiz munosabatda bo'lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob noyob dengizlardan biri bo'lgan Orol bir avlod hayoti davomlda deyarli qurib va yo'qolib borayotgan suv havzasiga aylandi. Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o'nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlar yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonol va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo'qoldi Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumanitar faloqat sodir bolayotgani sababli Orolbo'yining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi, bu yerda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar hayotiga haloqatli ta'sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi». O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish sohasida ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.64 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.64 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: ppt