Ekologik tahlil Reja: 1.Ekologik tahlilning mohiyati va vazifasi. 2.Atrof-muhitni himoya qilishni moliyalashtirish manbalari. 1.Ekologik tahlilning mohiyati va vazifasi Hozirgi davr fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va insonning tabiatga ta'siri kuchayganligi bilan ajralib turadi. Bu holatni hisobga olgan holda mikro va makro ko'lamda tuzilayotgan loyihalardan har birining ekologik muvozanatga ta'siri mustaqil ekologik ekspertlar tomonidan baholanishi shart. Agar tijorat loyihalari ekologik muvozanatga salbiy ta'sir etsa, bunday loyihalar moliyalashtirilmaydi. Shu bilan birga davlat tomonidan ekologiyani yaxshilashga qaratilgan notijorat loyihalari ishlab chiqiladi. Bunday loyihalarning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki ekologik muvozanatni barqarorlashtirish va aholining salomatligini mustahkamlashdan iborat. xalqaro nodavlat tashkilotlari, misol uchun, EKOSAN kabi tashkilotlar malum grant loyihalarini amalga oshiradi. Umuman olganda, ekologik loyihalar grantlar, davlat byudjeti va homiylarning mablag'lari hisobiga amalga oshriladi. Investitsiya loyihalar ham ekologik tahlildan o'tkazilishi talab etiladi. Agar loyihada ekologik vaziyatga (suvga, havoga, o'simlik dunyosiga va boshqalarga) ta'sir etuvchi texnologiya yoki asbob-uskunalar bo'lsa, ularning ekologiyaga ta'sirini yo'qotish uchun qo'shimcha loyiha-smeta hujjatlari tuziladi. Misol uchun, oddiy transport vositalaridan foydalanishni ko'paytirish yangi trassalar qurishni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida landshaftning o'zgarishi, aholi oqimining oshishiga olib keladi. Ayrim hollarda shu joyning tabiatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi atrof-muhit havosi zararli chiqindilar bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda bu salbiy natijalarni samara natijalari bilan taqqoslash va bu nisbatni chuqur tahlil qilish zarur. Ekologik tahlilning asosiy vazifasi loyiha natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning ta'sirini yumshatish yoki batamom tugatish yo'llarini topishdir. Bu jarayon loyihada ko'zda tutilgan natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatishi kerak emas. Tashqi muhit «tabiiy kapital bo'lib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Noto'g'ri rejalashtirilgan loyihalar esa uning buzilishiga, milliy kapitalning emirilishiga olib kelishi mumkin. Ekologik boshqarishning vazifasi aholining tabiiy ta'sirlarga bo'lgan talabi bilan atrof-muhitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi muvozanatni (balansni) topishdan iborat. Loyihalarni amalga oshirish «ekologik sig'im» potentsialini kamaytirishi kerak emas. Loyihalarni amalga oshirishdan oldin ularning atrof-muhitga muhim ta'sirlarini belgilash, loyihalar ta'siri asosida muhit buzilib ketgandan keyin uni o'z holiga keltirishdan afzalroqdir. Shuning uchun har qanday loyihaning ekotizimga keltiradigan salbiy oqibatlarini chuqur tahlil qilish talab etiladi. Agar loyiha ekotizimga me'yordan yuqori salbiy ta'sir ko'rsatadigan bo'lsa, uni yangidan ko'rib chiqish, shundan keyin ham vaziyat o'zgarmasa, undan voz kechish zarur. Ekotizim bitta davlat hududidagi muammo emas, balki uning o'zgarishi butun yer shariga ta'sir ko'rsatadi, jumladan, Orol muammosi. Shuning uchun ekotizim tahlil qilinganda bir mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish kerak emas. 2.Atrof-muhitni himoya qilishni moliyalashtirish manbalari Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini ko'zlash loyiha-smeta xarajatlarida o'z aksini topadi. Iqtisodiy rivojlanish muammolarini insonlar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.73 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.73 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: doc