Ekologik tahlilning mazmuni va maqsadi O'zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish hisobiga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni ta'minlash maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringgi tizimi tashkil etiladi. Ekologik nazorat tizimini davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazoratidan iborat. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo'layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, ter osti va yer usti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o'simlik va hayvonot dunyosiga ta'siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda bo'layotgan o'zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxnimlar bilan ta'minlash maqsadida tashkil etiladi. Atrof tabiiy muhit holati to'g'risidagi axborot ochiq oshkora yusinda bo'lib, uning asosiy ko'rsatkichlari davlat tabiatni muhoza etish idoralari tomonidan e'lon qilish uchun muntazam berib boriladi. Davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari haloqatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativida belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday faloqat va hodisalar to'g'risida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart. Tabiiy resurslarning miqdori, sifat va boshqa xil ko'rsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yo'ritiladi. Atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta'sir qiladigan yoki nomaqbul tarzda ta'sir etishi mumkin bo'lgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, ishlab chiqarish va ro'zg'or chiqindilarining hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi. Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat ko'rsatishini tartibi, davlat tarkibiy resurslar kodastrlarini atrof muhitga zararli ta'sir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi. Tabiatni muhofaza qilishni ta'minlashning iqtisodiy tartiboti; Tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirilganlik va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta'sir ko'rsatganlik uchun to'lov undirishni kam chiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganda korxonalar, muassasalar , tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlariga va o'zga imtiyozlar berishni. Ekologiya nuqtai nazardan xavfli texnologiyalarni qo'llaganlik va o'zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy erish; Atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazardan o'zga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini belgilovchi lisenziyalar olishni tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasi yuklanadi. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi obyektlarni buzish yoki yo'q qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tavon puli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
668.5 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
668.5 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: ppt