Ekologik vaziyat va muammolarning kelib chiqishining asosiy sabablari

Ekologik vaziyat va muammolarning kelib chiqishining asosiy sabablari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik vaziyat va muammolarning kelib chiqishining asosiy sabablari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekologiya faning mazmuni, predmeti va vazifalari. Insonning tabiatga, atrof - muhitga salbiy ta'siri. Jahonda aholi sonining o'sishi va oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi darajasidan o'zib ketishi. Hozirgi paytda sayyoramizdagi foydali erlarning maydoni, atmosfera va suv resurslarining ahvoli va ifloslanishi. 5. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish muammolari. EKOLOGIK VAZIYaT VA MUAMMOLAR Odamzot doimo tabiat qo'ynida faoliyat ko'rsatadi, u bilan uzluksiz munosabatda bo'lib kelmoqda. Bu faoliyat oqilona tashkil etilmasa, u bilan munosabat to'g'ri o'rnatilmasa, inson o'zi va tabiat uchun muammolar keltirib chiqaradi. Hozirgi davrda fan - texnika inqilobi sharoitida tabiat resurslaridan keng miqyosda foydalanish hamda atrof - muhitni ifloslantiruvchi sanoat, transport, qishloq xo'jaligi va maishiy chiqindilarning ortishi insonning tabiatga, atrof - muhitga ko'rsatayotgan umumiy salbiy ta'sirini keskin kuchaytirmoqda. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib tabiatni muhofaza etish global (sayyoraviy) muammoga aylandi. Insoniyat madaniyati va sivilizatsiya taqdiri xuddi ana shu muammoni hal etishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Yurtboshimiz ekologik muammo to'g'risida so'z yuritib, «ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, tsivilizattsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammolarning hal qilinishiga bog'liqdir. Ekologiya xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» degan edi. 1 Bu borada faktlarga murojaat etsak, ahvol yaqqol namoyon bo'ladi. Hozirgi kunda jahonning mamlakatlarida aholi soni to'xtovsiz o'sib bormoqda. Dunyo bo'yicha1930 yilda 2 mlrd, 1960 yilda 3 mlrd, 1986 yilda 5 mlrd, hozirgi vaqtda esa 6,3 - 6,5 mlrd. ga etdi. Bunga, albatta tibbiyot xizmatining, oziq - ovqat, uy - joy va boshqa ijtimoiy ta'minotning yaxshiligi sabab bo'lmoqda. Ammo, aholi sonining o'sib borishi tabiiy muhitga salbiy ta'sir etib, atrof - muhitning ifloslanishiga oliib kelmoqda. Tabiiy resurslar ko'plab sarflanishi va ifloslanishi, inson salomatligiga turli turli darajadagi kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda planetamiz aholisining 2 3 qismi sifatli oziqaga ega emas, undan tashqari 50% aholi to'yib (I.Karimov -O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida…1997 yil 112 bet.) ovqatlanmaydi, 15 % aholi doimiy ochlikda bo'lsa, har yili 30 - 50 mln odam ochlikdan o'ladi. Shu sababli o'sib borayotgan aholi sonining ozuqa mahsulotlari bilan ta'minlab bo'ladimi yoki yo'qmi kabi muammo hayotning kun tartibida turmoqda. BMT qoshidagi xalqaro muvofiqlashtiruvchi guruhning ma'lumotiga ko'ra, Yer yuzida etishtirilgan va dengizlardan olingan mahsulotlar asosida planetada 31,5 mlrd aholini boqish mumkin ekanligi takidlangan. Iqtisodchi olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, quruqlikda faqat madaniy o'simliklar ekilsa, ularning hosili bilan 50 mlrd aholini boqish bashorat qilinmoqda. Yer yuzining hammasini ekinzorga, dengiz va okeanlarni esa baliq ko'paytiradigan hovuzga aylantirib bo'lmaydi. Lekin, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga