Ekologik xavfsizlik

Ekologik xavfsizlik

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik xavfsizlik - rasmi

Material tavsifi

Ekologik xavfsizlik Tabiatda uchraydigan ayrim kimyoviy elementlar radiofaollik xislatiga ega bo'lib, ularning parchalanishi va elementlarga o'tish jarayonida nurlanish yuzaga keladi. Radiofaol moddalarning yarim bo'linishi bir necha soatdan 4,5 mlrd. yilga to'g'ri keladi. Muhitga tushgan radiofaol moddalarga qarshi kurashishning yo'li yo'q, faqat ogohlantirish mumkin xolos, hattoki radiofaol moddalaming muhitni zararlantirishini neytral holga keltiradigan biologik chirish va boshqa yo'l1ari, mexanizmlari ham ma'lum emas. Radiofaol moddalar yarim parchalanishiga (bir necha haftadan bir necha yil) qadar ular o'sirnlik va hayvonlar tanasiga o'tib bo'ladi. Ozuqa halqasi bo'yicha o'simlikdan hayvonga, hayvondan insonga o'tib, uning organizmida to'planadi. Muhitning ifloslanishi, tirik moddaning hosil bo'lishida qatnashuvchi oddiy elementlarning izotoplari kam uchraydigan radiofaol moddalarga qaraganda ancha xavfli bo'ladi. Radiofaol moddalar ichida eng xavflisi stronsiy-90 va seziy 137 hisoblanadi. Ular atmosferada yadro portlatilishida yuzaga keladi va atom sanoatining qoldiqlari sifatida muhitga tushadi. Bu ikki radiofaol moddaning birinchisi stronsiy-90 umurtqali organizmlarni suyak to'qimalariga tez o'tadi, ikkinchisi seziy137 esa tana mushaklarida to'planadi va quyidagi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi, ya'ni: - radiofaol nur olgan organizmda o'sish sekinlashadi, turli infeksiyalarga chidamsiz bo'ladi va organizm immunitetni yo'qotadi; umr qisqaradi, tabiiy o'sish, ko'payish kamayadi, organizm vaqtincha yoki to'la naslsiz (sterilniy) bo'lib qoladi. turli yo'llar bilan tanadagi nasliy genlarning buzilishi natijasida ikkinchi va uchinchi avlodlarda ham buzilish yuzaga keladi. Radiofaol moddalar organizm tanasida to'planib, juda og'ir, tiklab bo'lmaydigan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, radiofaol moddalarning muhitdagi miqdori 100 rad bolganda inson o'ladi, 700 bolganda 90% va 200 rad bo'lganda esa 10% o'lim bo'ladi; radiatsiya 100 rad ko'rsatkichda bo'lganda rak kasalligi ko'payadi va inson tola naslsiz-sterilizatsiyalanib qoladi. Tabiiy muhitda radiofaol moddalarning hosil bolishiga atom va vodorod bombalarining yer usti va yer ostida portlatilishi sabab bolgan. Amerikaliklar 1945-yilda Yaponiyaning Xerosima va Nagasaki shaharlarida atom bombasining sinovini o'tkazishgan. Shu shaharlarda 210 mingdan ortiq odam olgan. Radiofaollik hozirgacha saqlangan. Ma'lumki, 1949-yildan 1962-yillar orasida Sobiq Ittifoqda 179 yadro portlatish sinovlari bolgan. Ularning umumiy quvvati 452 mega tonnaga teng bolgan. AQSH 1963-yilgacha 217 ta atmosfera va 89 ta yer osti yadro sinovi o'tkazgan, umumiy quvvati 141 mega tonna bolgan. Semipalatinsk poligonida 1963-yilgacha atmosfera va yer ostida 124 ta, 1964-69-yillar ichida 343 ta yadro sinovi o'tkazilgan bolib, ularning umumiy quvvati Xerosimaga tashlangan 2500 ta bomba quvvatiga teng bolgan. Sobiq Ittifoqda o'tkazilgan 714 ta yadro portlatishlarining 467 tasi Qozog'istonda va 131 tasi shimoliy poligon ―Novaya zemlya‖ da bolgan. Shular ichida 1962-yili 53 mega tonnali eng kuchli yadro bombasi ham shu yerda portlatilgan. Yadro sinovining o'rtacha bahosi 30 mln. so'm turgan. Xitoy hukumati 1963-yili oktabr oyidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.41 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga