Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umuminsoniy mohiyati

Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umuminsoniy mohiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umuminsoniy mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umuminsoniy mohiyati Reja: Umumbashariy ekologik muammolarning vujudga kelishi. Jamiyat, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotining intensivlashuvi. Ekologik xavfsizlik ilmiy kontseptsiyasining ustivor yўnalishlari. Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik siyosiy munosabatlarini kuchaytirish shartlari. Munozarali va hal qilinmagan masalalar. Umumbashariy ekologik muammolarning vujudga kelishi Hozirgi davrda kishilik jamiyati rivojlanishi o'zining g'oyat ma'suliyatli davriga kirdi va insoniyat oldiga dolzarb muammolarni kundalang qilib qo'ydi, ya'ni Birinchisi- insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy hayot faoliyatini shu tarzda davom ettirib, ekologik vaziyatni yanada keskinlashtirishi bilan yer yuzida barcha tirik organizmlarni, o'zining tarixiy tsivilizatsiyasini halokatga mahkum etadi. Ikkinchisi esa - «tabiat-jamiyat-inson» majmuasining rivojlanish qonuniyatlarini anglagan holda, ekologik muvozanatni saqlab qoladi va inson hayot faoliyatini davom ettirish uchun imkoniyat yaratadi. Umumbashariy ekologik muammolarning vujudga kelish tendentsiyasi shuni ko'rsatadiki, ular dastlab mahalliy, lokal xarakterga ega bo'ladi va ta'sir ko'lamini uzluksiz kengaytirib borishi bilan jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Masalan, Orol dengizi qurib borishi bilan bog'liq ekologik muammolar boshlanishida ma'lum geografik nuqtalarda vujudga kelgan bo'lsa ham, hozirgi davrga kelib uning Markaziy Osiyo respublikalari hamda boshqa davlatlarning hududlariga shiddat bilan yoyilishi, mintaqada ekologik siyosat sohasida xalqaro hamkorlikni tarixiy zaruriyatga aylantirmoqda. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov BMT ning 48 sessiyasida (1993 yil, sentyabr), Yevropa davlatlari xavfsizligi kengashining (YeDHK) Budapesht uchrashuvida (1994 yil, dekabr), Kopengagenda utgan Xalqaro konferentsiyasida (1995 yil, mart), Parijda YuNYeSKO Ijroya sessiyasida (1996 yil, aprel) va boshqa nufuzli minbarlardan turib so'zlagan nutqlarida Jahon hamkorligi e'tiborini Orol dengizining qurib borishi bilan bog'liq olamshumul ekologik muammolarga jalb qilib, butun bir mintaqa aholisini halokatdan saqlab qolishga chaqirgan edi. Darxaqiqat, bu xududdagi ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar Milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan edi. Dunyo miqyosida ekologik xavfning mutassil keskinlashib borishi, uning ob'ektiv va sub'ektiv sabablarini ilmiy asosda tahlil qilib, konstruktiv amaliy bu vazifalarni barcha davlatlarning o'zaro siyosiy hamkorligisiz hal qilish mumkin emas. Jamiyat, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotining intensivlashuvi Turli mamlakatlarning o'ziga xos muqobil ekologik siyosatlari, ular o'rtasidagi ziddiyatlarni ifodalamaydi, aksincha, bu siyosiy qarashlar, tadbirlar umuminsoniy manfaatlar «chorraxasida» birlashadi. Darxaqiqat, ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umuminsoniy mohiyati, zaruriyati planetamizda tirik organizmlar, shu jumladan inson xayotini, avlodlar kelajagini saqlab qolish ehtiyojlari, kishilik jamiyati umumiy manfaatlariga mos keladi. Shuning uchun har qanday davlat miqyosida ekologik siyosat mahalliy yoki milliy manfaatlaridan yuqori qo'yilmog'i lozim. Lekin shuni ham aytish kerakki, davlatlarning milliy ekologik siyosati muammoga tabaqalashgan tarzda yondashishni istisno qilmaydi, aksincha, hududlarning, davlatlarning o'ziga xos ekologik muammolarning hal qilishda geografik, etnografik, iqtisodiy ishlab chiqarish samaradorligi belgilaydi. Shu bilan birgalikda, ekologik muammolarning umuminsoniy tavsifi davlatlar o'rtasidagi ekologik siyosiy munosabatlarni bosqichma - bosqich, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.01 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.01 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga