Ekologiya asoslari

Ekologiya asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya asoslari Atrof-muhitni sog'lomlashtirish, aholini ichimlik suvi, ekologik toza oziq mahsulotlari bilan ta'minlash, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi. Hozirgi mavjud ekologik muammolarni o'rganish, ularni tushunib etish va zarur tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun har bir inson Koinot, quyosh, Yer, notirik va tirik tabiatning uyg'unligi to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi lozimdir. quyosh, yulduzlar va ularning to'plamlari-Galaktikalar biz yashaydigan Koinotni tashkil qiladi. Koinot-bu bizni o'rab turadigan olam, quruqlik va dengizdagi tirik va notirik tabiat, masalan, kit va bakteriya, yo'l chetidagi tosh va guldagi shudring tomchisidir. Tartiba solingan Koinot kosmos deb yuritiladi. Hozirgi zamon fani Koinotni taxminan o'n besh milliard yil oldin «Katta portlash» natijasida paydo bo'lganligini isbotlovchi dalillarga egadir. Koinot, yulduzlar, sayyoralar-o'n sakkiz ming olam, buyuk hikmat va qudrat sohibi-Yaratuvchining asaridir. 1-rasm. Milliardlab yulduzlardan iborat «Girdob» Galaktikasi bizning «Somon yo'li» Galaktikamizga aynan o'xshashdir «Albatta osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning(suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli o'lik yerni tiriltirib, bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv degan nematda va shamollarning yo'naltirilishida, osmon va yer orasidagi itoatgo'y bulutda-(bularning hammasida) aqlli kishilar uchun oyat-alomatlar bordir»(«Baqara», 164). Somon yo'li Galaktikasining chekka qismida joylashgan, atrofida to'qqizta sayyora aylanayotgan quyosh tizimi bizning «katta uyimiz» hisoblanadi(2-rasm). 2-rasm. «Somon yo'li» Galaktikasi, quyosh tizimi Yer sayyorasi doimiy harakatdagi cheksiz Koinotning bir zarrasi hisoblanadi. Sayyoramiz barcha zarur yashash sharoitlari mavjud, 6,5 milliard «fazogirlari» bo'lgan, Koinotning qorong'u bo'shlig'ida uchib borayotgan, kosmik kemaning o'zginasidir(3-rasm) . 3-rasm. Yer sayyorasi «Bu ulkan Yer kemasining fazoda muallaqligi Yaratuvchining o'z zoti bilan qoim ekanligini ko'rsatuvchi bir dalildir»( Nurulloh, 2003 ). Ona sayyoramiz- Yerda hayotning mavjudligi eng buyuk mo'jizalardan hisoblanadi. Tiriklik va uni taminlovchi notirik tabiatni asrab avaylashning ahamiyati beqiyosdir. Tirik jonzotlar ichida gultojisi, shubhasiz, inson hisoblanadi. Inson jonzotlar ichida yagona aql va tafakkur egasidir. Inson bir vaqtning o'zida ham tabiatning ham jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi va bosotsial mohiyatga egadir. Eng so'nggi ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hozirgi insoniyat yagona genotipik asosga ega bo'lib, taxminan 150 ming yil oldin yagona erkak va ayolning genotiplaridan kelib chiqqan(Akimova,1998). «Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak(Odam) va bir ayol(Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz Bilan tanishishinglar(do'st-birodar bo'lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila elatlar qilib qo'ydik.»(«Xujurot», 13). Odamzot Allohning Yerdagi sir-asrorini biladigan xalifasidir va u Koinotdagi eng aziz va mukarram zotdir. Yer insonlarga omonatga berilgan va undagi hayot sharoitlarini bor go'zalligi, mukammalligi bilan avlodlar uchun saqlab qolish muqaddas vazifadir. Insoniyatning rivojlanish tarixi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.21 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.21 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga