Ekologiya fan sifatida

Ekologiya fan sifatida

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fan sifatida - rasmi

Material tavsifi

EKOLOGIYA FAN SIFATIDA Reja: 1 Ekologiya fan sifatida 2 Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi 3 Ekologiyaning asosiy bo'limlari 4 Ekologiyaning vazifalari 5 Ekologiyaning rivojlanish tarixi Ekologiya fan sifatida. «Ekologiya» atamasi va uning ma'nosi fanga 1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U ekologiya deganda muhit va organizmlarning o'zaro bog'liqligini tushungan va fanning bu tarmog'iga quyidagicha ta'rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik mavjudotlarning muhitdagi organik va noorganik komponentlari bilan o'zaro aloqadorligini o'rganadi, bunda noantogonistik va antogonistik hayvonlar va o'simliklarning o'zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so'z bilan aytganda, ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan bo'lib, Ch.Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan biridir. Ayniqsa, Ch.Darvinning evolyutsion ta'limoti, «turlarning tabiiy yul bilan tanlanishidan kelib chiqishi» nomli kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo'shdi. «Ekologiya» yunoncha so'zdan olingan bo'lib, «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma'noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so'zning sinonimi «oykologiya»dir. Mazmun jihatdan ekologiya «o'z o'yingdan»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma'noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta'riflash mumkin: «Ekologiya bir-biri bilan o'zaro bog'liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o'zaro munosabatlari haqidagi fandir». Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi Ekologiya biologik fan. U «organizm-muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma'lum ma'noda muhitga bog'liq bo'lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun muhitning «ob-havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o'z o'rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o'zi yo'q». Shunga qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo'lganda organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o'z ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning ma'lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko'radi. Bu fanlardan ekologiya ko'pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul qilgan. Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Yer to'g'risidagi boshqa fanlarning asosiy o'rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer to'g'risidagi fanlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan, deb qarash mumkin. Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko'p hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi (chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini tozalash, energiyaning noan'anaviy usullardan foydalanish va boshqalar). Shuning uchun ham ekologiya ayniqsa, uning tarmog'i hisoblangan amaliy ekologiya, texnik va texnologik fanlar bilan uzviy bog'langan. Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. Shuning uchun ekologik o'rganishning zarur yo'nalishlaridan biri-jamiyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga