Reja: Kirish Ekologiya fani haqida tushuncha O'rta Osiyo va O'zbekiston olimlarining ishlari Ekologiya so'zi yunoncha bo'lib, oykos-uy va logos- fan ma'nolarini bildiradi. Bu fan tabiiy uy da yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o'tayotgan hamma tirik organizmlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ekologiya organizmlarni o'z uyida o'rganadigan fan deb ataladi.Bu fan organizmlar va atrof-muhit o'rtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi. Ekologiya atamasi buyuk nemis darvinisti Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan 1866 -1869 yillari birinchi bor fanga kiritildi. E.Gekkelning xizmatini o'z vaqtida F.Engels yuqori baholab Tabiiy tanlash tushunchasi E.Gekkelning ishlari va xizmatlari tufayli barqarorlandi, turlarning o'zgaruvchanligi esa, ularni muhitga yashash joyiga moslashishi va nasliy belgilarning o'tishi bilan yoritildi deydi. E. Gekkelgacha XVII-XIX asrning buyuk biologlari biologiya fani rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar, o'simlik va hayvonlarning yashashi, tarqalishini o'rgandilar, lekin ular Ekologiya so'zini ishlatmagan edilar. Masalan, XVII asrning boshlarida Anton van Levinguk mikroorganizmlarda ozuqaviy bog'liqliklar, ularning sonini boshqarishini bilgan. Ingliz botanigi Rechard Bredli o'simliklarning biologik mahsuldorligi haqida ma'lumot bergan. 1887 yili nemis gidrobiologi K. Myobius (1825-1908) turli organizmlarning uyushmasi biotsenoz ta'limotini ishlab chiqdi. Ekologiya fanining asosiy vazifasi tur vakillari hosil qiladigan populyatsiyalar, turli senozlar, biotsenozlar va ekosistemalarning hosil bo'lishi, rivojlanish qonunlarini aniqlash, ularning muhit bilan munosabatlarini yoritishdan iboratdir. Umumiy ekologiyaning asosiy vazifalari 1954 yili Kiyevda bo'lib o'tgan ekologlarning uchinchi konferensiyasi qarorlarida quyidagicha belgilangan: 1. Organizmlar va muhit o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslashish yo'llarini o'rganish: 2. Ekosistemalarda uchraydigan turlar soni va sifati hamda turlar uchraydigan yerning iqlimi, tuproq xili joyning holatini o'rganish: 3. Ekosistemaning tuzilishi, u yerda uchraydigan turlarning bir-birlari va ularning muhit bilan hamda o'lik tabiat komponentlar bilan bo'layotgan munosabatlarini ochish: 4. Ekosistemaning tarkibini ko'rsatuvchi harorat, namlik, tuproqning xillari, tuzlar miqdori (suv, tuproqda) va biogen moddalarning borligi hamda oz va ko'pligini aniqlash: 5. Ekosistemaning miqdorini solishtirishda, uning asosiy komponentlarining o'zaro va muhit bilan aloqalarini ochib turlarning o'sish, ko'payish va fotosintez jarayonida hosil bo'ladigan fitomassa hamda uning hayvonlar tomonidan o'zlashtirish tezligini aniqlash: 6. Ekosistemalarda uchraydigan hamma komponentlarning fasllar bo'yicha, yil davomida va ko'p yillar mobaynida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganib, u yoki bu ekosistema asosida umumiy qonunlar yaratish, kelajak uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish. Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 ta o'simlik turi va hayvonlarning 154 ta turi haqidagi ma'lumotlar ekologik xarakterga ega bo'lgan.Masalan,Aristotel o'zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq turli hayvonlarni,qushlarni,baliqlarning hayoti,tarqalishi,bir yerdan ikkinchi yerga ko'chishi haqida ma'lumot bergan.Galen,Teofrast kabilar ham turli jonivorlarining hayot,tabiatga moslashishi to'g'risida qimmatli ma'lumot qoldirganlar. Z.M.Bobur (1483-1530) o'zining Boburnoma nomli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc