Ekologiya fani predmeti, rivojlanish tarixi

Ekologiya fani predmeti, rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fani predmeti, rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ekologiyaning qisqacha tarixi 2. o'rta Osiyolik allomalarning tabiat va ekologiya haqidagi fikrlari 3. o'rta Osiyodagi ekologiya, geografiya maktabi Tayanch tushunchalar: XVII- XVII asrlardagi ekologik ma'lumotlar evolyucion ekologiya, ekosistemalar, AL Xorazmiy, Farobiy, beruniy, Ibn Sino, Z.M. Bobur ekologiyaga doir ishlari Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog'liqligi kadimdan ma'lum Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instenciplari, baliklar va kushlarning migraciyalari o'simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog'liqligi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. uyg'onish davridagi shularda o'simlik va hayvonlarning tuzilishi yashash sharoitlari bilan bog'liq holda urganiladi. XVII- XVII asrlardagi ekologik ma'lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o'rganishga qaratilgan edi. Sh. Byuffon (1707-1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri masalasi kutarilgan Sh.B. Lomark (1774-1829) dastlabki evolyucion ta'limotni o'rtaga tashladi va o'simlik hayvonlarning evolyucion o'zgarishlarida eng muhim omil bo'lgan tashqi muhit ta'siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma'lumotlar (A. Gumbol't) o'simliklar geografiyasida yangi ekologik yo'nalishni keltirib chikaradi. 1859 yil Ch. Darvin Tabiiy tanlanishyo'li bilan turlarning kelib chiqish asarida tabiatdagi yashash uchun kurash ya'ni tur bilan muhit o'rtasidagi xar qanday qarama qarshiliklarning ko'rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyuciyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb karaydi. XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o'simliklar hayvonlarning iqlim omillariga moslashishnni urgandi. A.N. Beketov (1825-1902) o'simliklar ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini kursatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida F.Middendorf tomonidan urganildi. 1877 yil nemis gidrobiologi K. Myobiuus uurgangan o'simliklar jamoasi haqida F. Morozov, N. Sukachev batafsil fikr yuritib bu sohaga asos soldilar. Rus olimlari N. Sukachev, A. KellYer, V. Alexin, G. Ramenskiy, P. Shennikov va chet ellik olimlardan F. Klementes, K. RaunkiYer, T.Dyu Ris, I. Braun Blanko va boshqalarning fitocenologiya ishlari umumiy biocenologiyaning rivojlanishiga katta xissa kushdi. 1940 yil boshlarida tabiiy sistemalarni o'rganishda A. Tensli, N. Sukachev 1950 yil boshlarida R. Margalef xissa kushdilar. o'rta Osiyolik olimlar Al Xorazmiy, A.N. Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, ibn sino ular xali ekologiya fani dunyoga kelgan davrda tabiat va undagi muvozanat o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqidagi kimmatli fikrlar aytadi. Al Xorazmiy (782-847) 845 yilda Al Xorazmiy Kitob surat al- arz degan asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, kuruklikdagi kit'alar, kutublar, ekvatorlar, chullar, toglar, daryo va dengizlar, kullar , urmonlar ulardagi o'simlik va hayvonot dunyosi shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma'lumotlar keltiradi. Farobiy (870-910) uzining Ixsoa al- ulum va al-ta'orif asarisidagi zamonasidagi ilimlarni xar tomonlama urganib ularni ma'lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, xar bir ilm tarmogiga ma'orif berishga harakat kildi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.04 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.04 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga