Ekologiya fani uning shakllanishi va vazifalari. Reja: Ekologiya fanning maqsadi va vazifalari. Ekologiya fanning bo'limlari. Fanning rivojlanish tarixi. 1. Ekologiya yunoncha «oykos» - joy, makon; logos - fan, ta'limot degan manoni anglatadi, yani tirik organizmlarning tevarak - atrofidagi muhit bilan o'zaro munosabatlarini o'rganadigan biologik fan. Ekologiya umumiy va xususiyga bulinadi. Umumiy ekologiya ekotizmlar - populyatsiyalar, tabiiy guruhlarning tuzilishi hamda funksiya bajarish prinsiplarini, xususiy ekologiya esa muayyan taksonomik kategoriyadan aniq ekologik guruhlarni o'rganadi. Populyatsiya ekologiyasi populyatsiyalar - umumiy territoriya va genofontga tuplangan bir turga mansub individlar yig'indisini o'rganadi. Biogeotsenologiya - umumiy ekologiyaning ekotizm va biotsenozlarni o'rganuvchi bo'limi. Xususiy ekologiya o'simliklar va hayvonlar ekologiyasidan iborat. Suvda yashovchi organizmlar va ulardan tashkil topgan tizimlarni gidrobiologiya o'rganadi. Kupincha ekologiya, ayrim turlarning muhit bilan o'zaro munosabatini tekshiradigan autekologiya va o'simliklar guruhini hamda biogeotsenoslarni o'rganadigan sinekologiya ga bulinadi. Populyatsiya ekologiyasi bazan autekologiyaga, bazan sinekologiyaga kiritiladi, bazida esa alohida bo'lim demekologiyaga ajratiladi. Ekologiyaning kupgina sohalari aniq amaliy yo'nalishga ega. Masalan: qishloq xo'jalik ekologiyasi, odam ekologiya-si, radio ekologiya, poleekologiya, ijetimoiy ekologiya, ekologiya va huquq, mintaqaviy ekologiya, hayvonlar ekologiyasi kushlar ekologiyasi, suvutlar ekologiyasi, qadriyatlar ekologiyasi va x.k.lar. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog'liqligi kadimdan malum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliklar va kushlarning migratsiyalari, o'simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim shiroitlari bilan bog'liqligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. VII-VII asrlardagi ekologik maumotlar tirik organizmlarni ayrim guruhlarni o'rganishga qaratilgandir. J.Byuffon (1707-1778 yy) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri masalasi kutarilgan. J.B.Lamark (1774-1829 yy) dastlabki evolyutsion ta'limotni o'rtaga tashladi va o'simlik va hayvonlarning evolyutsion o'zgarishlarda eng muhim omil bo'lgan tashqi muhit ta'siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma'lumotlar (A.Gumbold) o'simliklar geografiyasida yangi ekologik yo'nalishni keltirib chikardi. 1859 yilda Ch.Darvin Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning kelib chiqishi asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, yani tur bilan muhit o'rtasidagi xar qanday qarama-qarshiliklarning ko'rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb karaydi. A.N.Beketov (1825-1902 yy) o'simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarini, ularning geografik tarqalishlari bilan bog'liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini kursatdi. 1877 yilda nemis gidrobiologi K.Mebius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarini asoslab berdi. o'simliklar jamoasi haqidagi ta'limotga G.F.Morozov, V.V.Olexin, V.G.Ramenskiy, A.Shinnikov va chet ellik olimlardan F.Kelementes, K.Raunkier, T.Dyurie, I.Braun-Blanke va boshqalarning fitotsenologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa kushdilar. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida R.N.Kashkarovning muhit va jamoa deb nomlangan o'rta Osiyo unversitetida ukigan ma'ruzalari keyinchalik hayvonlar ekologiyasi asoslari nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo'lib koldi. hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslar katta xissa kushdilar. I.S.Serebryakov tomonidan gulli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc