Reja: Ekologiya fani va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Ekologiyani rivojlanish tarixi. Ekologiyani o'rganish uslublari. Atrof-muhitning tabiiy holatini buzilishi, fan-texnika yutuklarini tabiatga salbiy ta'siri tufayli ekologik ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab buldi. Atrof-muhitni muhofaza qilishning chora-tadbirlari, bunda ekologiya bo'yicha ta'lim-tarbiyaning ahamiyati haqida tushuncha beriladi. Ekologiya biologiya fanlarining bir kismi bo'lib, u nisbatan yosh, biologiya fanlarini eng rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Ekologik tirik organizmlarni muayyan muhitda rivojlanishini, kupayishini, yashab qolishini, populyatsiyasini o'rganadi. Ekologiya bir kancha biologik fanlar bilan (fiziologiya, morfologiya, embriologiya, evolyutsion ta'minot, genetika va boshqalar bilan) boglangan. Ekologiya asosida biogeografiya, etalogiya fanlari rivojlandi. Fiziologiya, morfologiya, sistematika, biogeografiya fanlari oldiga qo'yilgan masalalarda ekologik izox berish zarur, chunki xar bir tirik organizm malum bir tabiiy sharoitda yashaydi. Organizmlarga fizikaviy omillarni ta'sirini aniqlash uchun ekologiya (biologik bo'lmagan) klimotologiya, meteorologiya, tabiiy geografiya, tuproqshunoslik fanlari bilan xam bog'liq. hozirgi kunda ekologiyani iqtisodiy ekologiya sohasi rivojlanmokda, yani bu biologik resurslar haqidagi fandir. Insonni tabiatga salbiy ta'sirini urganib, uni oldini oluvchi injener ekologiya rivojlanmokda. Ekologiyani sotsial ekologiya, yani inson ekologiyasi sohasi xam rivojlanmokda. Ekologiyani (hayvonlar, o'simliklar, xasharotlar, urmon ekologiyasi) kabi sohalari xam mavjud. 1866 yilda E.Gekkel ekologiya so'zini fanga kiritgan bo'lib, ekologiya tirik organizmlarni tabiiy muhitdagi hayot faoliyatini qonuniyatlarini o'rganadi. Sayyoramizdagi barcha tiriklikni faoliyati, uni utishida insonni roli, yani ekologiya hozirgi texnika taraqqiyoti davrida insonfaoliyatiga bog'liqligini kursatadi. Ekologiyani rivojlanish tarixi. Avesto, uyg'onish davrlarida xam ekologiya rivojlangan. Ekologiya X1X asrning o'rtalarida paydo bo'lgan bulsa xam ekologiya haqidagi tushunchalar eramizdan oldin VI-II asrlarda qadimgi Xitoyda, Misr, Hindiston, Yunonnistonda paydo buldi. Empedokl o'simliklarni rivojlanishini tashqi muhitga bog'liqligini, Gippokrat kishilarni salomatligiga tashqi muhitni ta'siri haqidagi fikrlarini aytgan. Teofrast o'simliklarni o'sishi va shaklini tuproqka, iqlimga bog'liqligi haqida fikr yuritdi. ayniqsa, uyg'onish yillarida fan rivojlanib, sayohatlar kilinib yangi yerlar ochildi. K.Linney (1707-1778) birinchi bo'lib tirik organizmlarni ilmiy sistematikasini yaratdi, J.Byuffon (1707-1788) Tabiat tarixi (13 tom) asarida organizmlarni muhit bilan bog'liqligicha etibor beradi. J. Lamark (1744-1829) tashqi muhitni hayvon va o'simliklarning evolyutsiyasiga ta'sirini kursatdi. Rus tabiatshunoslaridan P.S.Pallas (1741-1811), I.I.Lepexin (1740-1802) asarlarida xam o'simlik, hayvon organizmiga tashqi muhitni ta'siri keltirilgan. o'rta Osiyolik Ibn Sino, A. Beruniy, U.Xayyom risolalarida, Boburning Boburnoma asarlarida ekologik tushunchalar ko'p uchraydi. X1X asrda biologiya fanlarini differensiyasi davom etdi. Ekologiya fanining asoschilaridan biri MDU professori K.F.Rule (1814-1858) hisoblanadi. U hayvonlar ekologiyasi bo'yicha 160 ta ilmiy ish yozib, unda tabiatdagi xar bir tirik organizmni rivojlanishi tashqi muhit ta'siri ostida utishi bayon etilgan. Ruleni shogirdi N.A.Severtsov (1827-1885) 1855 yilda Periodicheskie yavleniya v jizni zverey, ptits v Voronejskoy guberni nomli magistrlik dissertatsiyasi 1950 yilda qayta chop etilib, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc