Ekologiya faniga kirish va uning tarixi

Ekologiya faniga kirish va uning tarixi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya faniga kirish va uning tarixi - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya faniga kirish va uning tarixi Ekologiya fani atamasi va pridmeti. Ekologiya fanining tarixi. Ekologik muammolar. Ekologiya - bu jonli organizmlarning o'zaro munosabatlarini va ularning atrof muhit bilan o'zaro ta'sirini o'rganadigan fan. «Ekologiya» atamasi fanga nemis zoologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Bu olim o'zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» («Vseobshaya morfologiya organizmov», 1866) va «Olamning yaratilishi tabiiy tarixi» («Yestestvennaya istoriya mirotvoreniya», 1868) kabi asarlarida bu atamaning manosini to'laroq yoritishga harakat qilgan. Ekologiya grekcha «oikoz» so'zidan olingan bo'lib, «Yashash joyi», «oziqlanish makoni» degan manoni bildiradi. E. Gekkel «Ekologiya» organizmlarning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fandir, deb takidlaydi. Ekologiya fanining predmeti Organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog'lanishlarning tuzilishini, unga bog'liq bo'lgan jonlanish, taraqqiy etishtarqalish va konkurentlik xususiyatlarini: tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi, bularning xammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. Aristotel dunyoning paydo bo'lishi haqida fikr yuritib, tabiatdagi barcha mavjudot bir-biri bilan bog'liq ekanligini tushunib etgan. Aristotelning shogirdi Teofrast Ereziyskiy (eramizdan oldingi 371-280-yillarda yashagan,) o'simliklar dunyosini o'rganib, ularning turli sharoitlarda har xil shaklda bo'lishlarini qayd qiladi. U o'simliklarni shakllariga qarab daraxtsimon, butasimon va o'tsimon turlarga bo'ladi, o'simliklarning turli shaklda bo'lishi ular o'sayotgan muhitning iqlim va tuproq, sharoitlariga bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Ularning inson hayotidagi rolini alohida takidlaydi. Ekologiya faning tarixi O'rta Osiyolik allomalar Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va ilmiy qarashlari uning mashhur asari «Kitob-ash-shifo» da bayon ettilgan. Bu kitob 18 jilddan iborat bo'lib, to'rt qismga: mantiq, tabiiy fanlar, matematika (riyoziyot) va falsafaga bo'linadi. Bu asarlarda uning botanika, zoologiya, geologiya va atrof muhit to'g'risidagi fikrlari bayon etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur esa o'zining «Boburnoma» asarida tabiat go'zalliklarini tasvirlash bilan birga o'simliklar dunyosining salomatlik bahsh etishdagi roliga alohid; ahamiyat beradi. O'simliklar geografiyasi va geologik ma'lumotlar geobotanika fani uchun nihoyatda katta ahamiyatga egadir. O'simliklarning bir uylik va ikki uylik bo'lishini Bobur o'sha vaqtdayoq aniqlagan. Bu uning o'sha davrning yetuk tabiatshunosi ekanligidan darak beradi. Yuqorida nomlari qayd etilgan olimlarning asarlarida tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlash masalalari ham malum darajada yoritilgandir. Ekologiya faniga xissa qsho'gan chet ellik olimlar Karl Linneyning (1707-1778) ilmiy asarlarida o'simliklar va hayvonlarning sun'iy sistemasi yoritiladi. Uning bu sohadagi fikrlari «Tabiat sistemasi» («Sistema prirod1» - 1735), «Botanika falsafasi» («Filosofiya botaniki» - 1751) va «O'simlik turlari» («Vidm rasteniy» - 1753) kabi asarlarida bayon qilingan. U tabiatni uchga: minerallar, o'simliklar va hayvonlar guruhiga ajratadi hamda bular orasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatadi Ekologik muammo xillari 1. Mahalliy muammolar 2. Mintaqaviy muammolar 3. Global umum sayyoraviy muammolar mahalliy muammolar Shahar, tuman yoki kichik hududlarga tegishli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.5 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.5 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga