Ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi

Ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi Reja: Ekologiyaning rivojlanish tarixi. Ekologiya mustaqil biologik fandir. Ekologiya fanining asosiy bo'limlari. Ekologiya uslublari. Ekologik omillar tushunchasi. Ekologik omillar tasnifi. «Ekologiya» so'zi yunoncha bo'lib, «oykos»-uy va «logos»-fan ma'nolarini bildiradi. Bu fan «tabiiy uy»da yashayotgan va shu (―uy‖da hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o'tayotgan hamma tirik organizmlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ekologiya organizmlarni «o'z uyi»da o'rganadigan fan deb ataladi. Bu fan organizmlar va atrof-muhit o'rtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi. Ma'lumki, iqtisodiyot «ekonomika» so'zi yunoncha «oikonomike» so'zidan olingan bo'lib, uning ildizi «oykos» «sun'iy uy xo'jaligi» degan ma'noni beradi. Shuning uchun ham ekologiya va iqtisodiyot fanlari bir-biriga bog'liq holda rivojlanmoqda. Ch. Darvin (1809-1882) o'zining «Turlarning kelib chiqishi» kitobi bilan olamga mashhur bo'ldi va biologiya fanini yuqori pog'onalarga ko'tardi. Uning evolutsion nazariyasi ekologiya fani rivojlanishiga yangi turtki bo'ldi. «Ekologiya» atamasi buyuk nemis darvinisti Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan 1866-1869-yillari birinchi bor fanga kiritildi. E. Gekkelgacha XVII-XIX asrning buyuk biologlari biologiya fani katta hissa qo'shdilar, o'simlik va hayvonlarning yashashini, tarqalishini o'rgandilar, lekin ular «Ekologiya» so'zini ishlatmagan edilar. Masalan, XVII asrning boshlarida Anton van Levenguk mikroorganizmlarda ozuqaviy bog'liqliklar, ularning sonini boshqarishini bilgan. Ingliz botanigi Richard Bredli o'simliklarning biologik mahsuldorligi haqida ma'lumot bergan. 1887-yili nemis gidrobiologi K. Myobius (1825-1908) turli organizmlarning uyushmasi biotsenoz ta'limotini ishlab chiqdi. 1895 yili daniyalik botanik Ye. Varming «Ekologiya» atamasini botanikaga kiritdi. Ekologiya fan sifatida turli fanlarning birlashmasida paydo bo'ldi. Avvalo, bu biologiya, kimyo, geografiya va boshqalar. Ekologiya yosh fan va hozirda ham faol rivojlanmoqda. Shuning uchun «ekologiya» atamasini turli mualliflar turlicha talqin qilishadi. Ba'zan turli bo'limlarga ajratiladi: Bioekologiya va global ekologiya. Shu nuqtai nazardan, maqsad va vazifalar ham sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Odatda ekologiya ikki katta qismga bo'linadi. Bu umumiy ekologiya va xususiy ekologiya. Umumiy ekologiya jonli va jonsiz tabiatning umumiy qonunlarini o'rganadi. Xususiy yoki maxsus ekologiya tirik organizmlarning o'ziga xos jihatlarini o'rganadi. Misol uchun, o'simlik jamoalaridagi munosabatlar fitokenologiyani o'rganadi. So'nggi yillarda yana bir bo'lim - amaliy ekologiya shakllandi. Ekologiyaning ushbu bo'limi tabiiy obyektlarning antropogen (sanoat) ifloslanishini o'rganish bilan shug'ullanadi. Ekologiya o'zining mazmuni bo'yicha: mikroorganizmlar, o'simliklar va hayvonlarning tabiiy sharoitda yashash, rivojlanish, tarqalish qonunlarini o'rganish natijasida organizmlarning turli biologik evolutsion taraqqiyot bosqichlarini, ya'ni: organik molekula=: genorganella =: hujayra =: to'qima =: organ =: tur vakillari =: turlar va o'z navbatida ularning abiotik va biotik omillar ta'sirida katta biologik birliklar tizimini hosil qilishini o'rganadi Tabiatda turli biologik sistemalarning elementlari cheksiz, biri ikkinchisiga bog'langan holda iyerarxik bosqichlarni tashkil qiladi. Masalan, turli organellalar hujayra elementlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 208.63 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 208.63 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga