Ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi Reja: Ekologiya fanining rivojlanish tarixi. Buyuk allomalarimiz asarlarida ekologiya, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishga oid ma'lumotlar. hozirgi kunda ekologiyani takomillashishi va uning yangi yo'nalishlari. Tayanch iboralar: ekologik madaniyat, sardoba, milliy park, qo'riqxona, yer kadastri. Kadim-kadim zamonlardan boshlab, ekologik madaniyat o'rta Osiyo xalqlariga xos xususiyat bo'lgan. Bu xakda qadimgi kulyozmalar va ulug allomalarimizning asarlari guvoxlik beradi. Ularda suv, tabiat, o'simliklar, jonzotlar va ularning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlari, aloqalari va boshqalar borasida kimmatli fikrlar yozib koldirilgan. Garchand, u vaqtlarda ekologiya fan sifatida shakllanmagan bulmasa-da lekin usha davrlardayok tabiat va undagi tabiiy muvozanat, tozalikning ahamiyati, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash zarurligi takidlab utilgan. Xatto ular tabiatni, suvni, olovni, shamol va boshqa unsurlarni muqaddas deb bilishgan, ularga siginishgan. qadimgi mamlakatlarning xukmdorlari xam tabiatni muhofaza qilish borasida tegishli farmonlar elon qilishgani malum. Masalan, qadimgi sharq podshoxlari taxminan bizning eramizdan ming yil avval urmonlarni kuriklash to'g'risida qonun chikargan. Bobolarimizdan meros kolgan eski kulyozmalarda xam ov qilish san'ati, ov kilmok vaqti, hayvonlarning yosh bolalarini, go'zal kushlarni umuman, jonzotlarning kupayishi davrida ularni ov qilish katiyan man etilgani haqida fikrlar mavjud. yuqoridagi bayonlardan kurinadiki, bizning ota-bobolarimiz kadim zamonlardan boshlab tabiatga oqilona munosabatda bo'lishgan. nafaqat kuduk suvini, balki arik va daryo suvlarini xam toza saqlash ga, tejashga, iflos kilmaslikka harakat qilishgan. Xatto uni muqaddas bilishgan. Sardobalar ko'rib suv tuplaganlar va undan kerakli maqsadda foydalanishgan. Daraxtlar ekib, bog-rog, uzumzor, gulzorlar bunyod etishgan. Kelajak avlodlarga urmonlar koldirishgan. Garchand ilgarilari xam ayrim turdagi hayvonlarni muhofaza etish va urmon daraxtlarini kesish, kirkishni nazorat qilish bo'yicha davlat mikyosida malum chora-tadbirlar ko'rishga harakat qilingan bulsa-da, lekin ular rejali va maqsadga yo'naltirilgan tarzda yulga kuyilmagan. Fakat XX asrda tabiatni muhofaza qilish masalasi ommaviy tus ola boshladi. o'tmishda tabiat muhofazasi deyilganda, kupincha ayrim hayvon turlarini, o'simlik va noyob tabiiy obyektlarni yoki yovvoyi tabiatning ayrim qismlarini asrash tushunilgan. Bundan tashqari ulug allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy («Kitob surat al-arz»), Abu Nosir Farobiy («Kitob al-xajm va al-miqdor», «Kitob al-mabodi al insoniya»-Insoniyatning boshlanishi haqida kitob, «Kitob fi-azo al-hayvon»), Abu Ali ibn Sino («Tib qonunlari»), Abu Rayxon Beruniy («qadimgi xalqlardan kolgan yodgorliklar»), Zahiriddin Muhammad Bobur («Boburnoma») va boshqalarning asarlarini mutolaa qilib, ajdodlarimizning tabiatga bo'lgan munosabati haqida etarlicha ma'lumotlar olamiz. Rossiyaning o'rta Osiyoni bosib olishi tufayli Turkistonning qadimgi yodgorliklari, go'zal tabiati, o'simlik va hayvonot olami katta zarar kurdi. 1916 yildayok Turkistondagi tarixiy yodgorliklarni kayd etish masalasi bo'yicha ish boshlangan edi. Ammo maqsadlar amalga oshmay koldi. Arxiv materiallari 1920 yilda Turkiston o'tmishidan kolgan yodgorliklarni o'rganish va asrash maqsadida ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc