Reja: 1. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. 2. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. 3. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat muhofazasiga oid qarashlari. 4. Ekologiyaning bo'limlari va fanlararo aloqadorlik. Kirish. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. Bizni o'rab turgan barcha o'rmonlar, muzliklar, tog'u-dashtlar, havo-yu suvlar, xullas tabiatning har bir shoxobchasi odamning a'zolari kabi bir-biri bilan uzviy tarzda bog'langandir. Tabiatning biror-bir jabhasida sodir bo'ladigan o'zgarish o'z navbatida, uning muvozanatiga qandaydir ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof muhitga bo'lgan munosabatlari ham faollashib, u tabiat boyliklaridan ko'proq olishi va ularni insoniyat ehtiyojiga sarf qilishi kuchaygan sari, ming yillar davomida barqaror bo'lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson va tabiat o'rtasidagi munosabat murakkablashib, tabiiy muhit faloqat yoqasiga kelib qoldi. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Ekologiya - tirik organizimlarning o'zaro va ular yashaydigan tabiiy muhit bilan bo'lgan munosabatlarini, ularning ta'sirini va yashash shart-sharoitlarini o'rganadi. Ekologiya so'zi (grekcha tildan olingan bo'lib, oykos-uy, yashash joyi va logos-fan, ta'limot) degan ma'noni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis olimi biolog, darvinist Ernst Gekkel (1831-1919) fanga kiritgan. U o'zining Organizmlarning umumiy morfologiyasi nomli asarida birinchi marta ekologiya atamasini qo'lladi. Atamaning mazmuni ushbu fanning asl mohiyatini to'la tushunish imkonini bermaydi. Ekologiya hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya aslida biologiya fanlari turkumiga kiradi va hozirgi kunda bu fanning ijtimoiy hayot bilan bevosita bog'langan tarmoqlari ham rivojlangan. Ekologiyaning juda ko'p ta'riflari mavjud. Ulardan birida shunday deyiladi: Ekologiya organizmlarning hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitda inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o'rganadigan fandir. Demak tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi. Ya'ni, tirik mavjudot va uning ma'lum hudud va ekvatoriyalarga to'g'ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb aytiladi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi. Bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari qo'yidagilardir: - Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish; - Biosferadagi jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash; - Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc