Ekologiya fanining usullari. Reja 1.Dala usuli 2.Laboratoriya eksperiment usuli 3.Matematik modellar va modellashtirish. Ekologiyada urganiladigan muammolarning xilma-xilligi turli usullarning kullanishini talab qiladi. Ekologiyada quyidagi usullari kullaniladi, yani: dala, laboratoriya, eksperimental va matematik modullar. Dala usuli. Dala usuli tirik organizmga yoki tirik populyatsiyalarga, ularning yirik biologik birliklariga abiotik omillarning kompleks holda ta'sir qilishini, uning natijasida malum joydagi organizmlarda sodir buladigan o'zgarishlarni aniklaydi. Tabiiy landshaftlar ichidagi katta-kichik biologik birliklarga oid ma'lumotlarni bir-birida taqqoslab o'rganishda dala usulining vazifalari: Landshaftlar ichida asosiy biologik birliklarni ajratish va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni o'rganish. Xar bir biologik birlik ichidagi turlar tarkibini, miqdorini, ular hosil kiladigan mikromuhitni, tuproq xillarini, tuproq hosil qiluvchi jinslar va shu yerning gidrologik holatini aniqlash. Bir-biriga sifat tomonidan uxshaydigan, tenglashadigan biologik guruhlarni jamlash, ular ichidagi turlarning bir-birlari hamda ular yashab turgan joy tuprogi, havosi va tabiatining turli jonsiz elementlari bilan munosabatlarni o'rganish. Asosiy, katta va kichik biologik birliklarni miqdor va sifat jihatdan baholashda, yer-havo muhitidagi populyatsiya, biotsenozning kalinligi, mikromuhit (temperatura, namlik, yorug'lik,SO2, O2), tuproq temperaturasi, namligi, ozikka moddalar miqdori, suv sharoitida esa suvning chuqurligi, tinikligi, temperatura, O2, SO2 miqdori, tuzlar tarkibi va biogen elementlarning tarkibi aniklanadi. Biologik birliklar ichidagi doimiy harakatlarning tashqi muhit ta'sirida o'zgarishini, yani: 1) fotosintez jarayoni jadalligining yorug'lik va haroratga bog'liqligini; 2) namlik yordamida biogen va mineral moddalarning o'simlik tanasiga utishini; 3) o'simlikxur hayvonlar tomonidan o'simliklarni uzlashtirish tezligi, o'simliklar kalinligi, massasining miqdori va sifatini hamda hayvonlar populyatsiyasining holatini, muhitdagi ekologik omillarning ta'sirini, tuproqning xili, namligi, uning buglanishi kabi muammolarni o'rganadi. Turli biologik komplekslarni fasllar, yillar va ko'p yillar davomida o'zgarishni o'rganish asosida, ekosistemaning doimiy harakat qonunini boshqa ekosistemalarga solishtirgan holda ishlab chiqish kabi muammolar dala usulining asosini tashkil qiladi. Laboratoriya eksperiment usuli - maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar, suvutlar, umurtkasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar, Petri kosachasi, akvariumlarda maxsus ozika moddalar, yorug'lik, harorat yordamida ustiriladi va kuzatiladi. Tirik organizmlarning fiziologik, biokimyoviy va umuman ekologik holatini kuzatish kupincha laboratoriya sharoitida olib boriladi. Shuning uchun xam tirik organizmlarga sun'iy sharoitda, sun'iy ekologik omillarning ta'siri natijasida orgaizmlarda bo'lib utadigan o'zgarishlar laboratoriya-eksperimental holatda urganiladi. Laboratoriya - eksperimental va dala usullari bir-biridan farq qiladi. Yani laboratoriya-eksperimental usulida sun'iy sharoitda organizmga ta'sir qilayotgan sun'iy ekologik omillarning salbiy va ijobiy tomonini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, tabiiy ekologik omillarni organizmda bir joyda va bir vaqtda bir necha omilning birdan ( quyoshdan kelayotgan nurni, haroratni, yerning namligini, shamol tezligi va yo'nalishini, suv to'lqinlarining kuchini, daryo suvining okish tezligining) ta'sir qilishini boshqarish qiyin. Ekologiya eksperimental kuzatishlar o'tkazilganda, mikroorganizmlarning, o'simlik va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.34 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc